Joriy yil Ramazon hayiti arafasida Toşkentda megaloyiha – Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi oçildi. Markazda yirik muzey va Qur’on zalidan taşqari, kutubxona hamda ayrim diniy-ma’rifiy taşkilotlarning ofisi uçun alohida joy ajratilgan.

Xususan, Özbekiston musulmonlari idorasi markaziy apparati öz faoliyatini Islom sivilizatsiyasi markazi binosida davom ettira boşladi.

Foto: Muslim.uz

Diniy idora matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, markazning Xorazm portali mahobatli eşigidan kirib, liftdan ikkinçi qavatga kötarilganda katta foye va diniy idora hududiga kiriş mumkin.

«Içkariga kirişingiz bilanoq Qur’oni karim oyatlari, prezidentimiz sözlaridan iqtiboslar, idora tarixi, muftiylar haqidagi ma’lumotlar bilan tanişasiz. Yölakning ikki tomonida rais örinbosarlari va bölimlar uçun ajratilgan xonalar joylaşgan», deyiladi idora xabarida.

Foto: Muslim.uz

Ma’lum qilinişiça, markazdagi «keng va yoruğ xonalar, zamonaviy jihozlar soha xodimlarining iş samaradorligini yanada oşirmoqda».

Foto: Muslim.uz

Şuningdek, idora ixtiyorida kiçik va katta majlislar zali bölib, ular zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlangan. «Jonli efirga möljallangan kameralar va töliq Wi-Fi zonasi mavjud. Zaldagi barça texnikalar bir maromda işlaşi mas’ullar tomonidan nazorat qilib turiladi. Diniy idora joylaşgan qismga yondoş kutubxonadan ham faoliyat mobaynida unumli foydalaniş mumkin».

Foto: Muslim.uz

Bunga qadar Özbekiston musulmonlari idorasi uzoq yillar davomida markazning yonida – «Hazrati Imom» masjidi oldidagi ikki qavatli binoda (Qorasaroy köçasi 47-uyda