Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Istanbul terakti sabab Turkiyada motam e'lon qilindi
Foto: AP
Istanbulda sodir etilgan ikkita terakt sabab butun Turkiya bo‘yicha milliy motam e'lon qilindi. Milliyet gazetasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu haqidagi farmon mamlakat bosh vaziri Binali Yildirim tomonidan imzolangan.
Farmonga muvofiq, barcha davlat tashkilotlaridagi mamlakat bayrog‘i tushiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Istanbulda Toshkent vaqti bilan 00.30da Machka parki va “Vodafon Arena” stadioni oldida yuz bergan. Ma'lumotlarga ko‘ra, u xudkush va minalashtirilgan mashina yordamida amalga oshirilgan.
Shu paytga qadar olingan ma'lumotlarga ko‘ra, portlash qurbonlari soni 29 nafarga yetdi, ulardan 27 nafari politsiya xodimi. Bundan tashqari, Turkiyaning «Beshiktosh» jamoasining 2 nafar xodimi ham halok bo‘lgan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyiib Erdo‘g‘anning ma'lum qilishicha, Istanbuldagi teraktlardan maqsad yanada ko‘proq kishilarni o‘ldirish bo‘lgan.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026