Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
Birinchi reys Tehrondan Istanbulga amalga oshirildi.
Eron AQSh va Isroil zarbalaridan keyin boshlangan urush tufayli 28 fevral kuni to‘xtatilgan xalqaro reyslarni qayta tikladi. Birinchi reys Istanbulga amalga oshirildi, deb xabar berdi Anadolu.
Eron davlat televideniyesi ma’lumotlariga ko‘ra, Tehronning Imom Xumayniy nomidagi aeroporti xalqaro yo‘nalishlar uchun qayta ochilgan.
Meraj Airlines aviakompaniyasining birinchi reysi Istanbulga amalga oshirildi. Shuningdek, Madina va Masqatga ham parvozlar amalga oshirildi.
Qayd etilishicha, Eron fuqaro aviatsiyasi tashkilotidan zarur ruxsatnomalar olingandan so‘ng, parvozlar jadvali yaqin kunlarda yangilanadi.
Eron aeroportlari 28 fevral kuni AQSh va Isroil zarbalari tufayli urush boshlanganidan keyin yopilgan edi. 40 kunlik mojaro davomida Eron aeroportlariga ham hujum qilingani aytilmoqda.
Mavzuga oid
00:39
Eron Isroilga raketalar to‘lqinini yo‘lladi
23:17 / 07.06.2026
Aviakompaniyalar Erondagi urush sababli 100 mlrd dollar yo‘qotadi - hisobot
20:25 / 07.06.2026
Tramp Xominaiy bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarga tayyorligini bildirdi
19:47 / 07.06.2026