Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi ortiqcha hisoblanayotgan holatlarni o‘rganadi
Hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi holatini o‘rganish hamda muammolarni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobat qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etildi. Ishchi guruh tarkibiga energetika sohasi vakillari ham jalb qilingan.
Raqobat qo‘mitasi elektr energiyasi ortiqcha hisoblananayotgan holatlarni o‘rganadi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda hisoblagichlarning elektr quvvatini ortiqcha hisoblayotganligi va bu qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘layotganligi yuzasidan iste’molchilar tomonidan murojaatlar tarqalib, bu keng jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘lmoqda.
Mazkur holatlarni joylarga chiqqan holatda o‘rganib, muammolarni manzilli hal etish choralarini ko‘rish maqsadida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan tezkor ishchi guruh tashkil etilgan. Ishchi guruh tarkibiga Raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda, “O‘zenergoinspeksiya”, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ vakillari jalb qilingan.
“Ushbu holatlarni o‘rganish davomida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishi ta’minlanadi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Iste’molchilardan shu kabi muammoli holatlar mavjud bo‘lsa Raqobat qo‘mitasining yagona ishonch (1159) raqamiga yoki Telegram messenjerida @rquzBot boti orqali murojaat qilish so‘ralgan.
Mavzuga oid
11:05 / 21.11.2024
Qimmat sotilgan dorilar tufayli iste’molchilarga 7 mlrd so‘m qaytarildi
16:06 / 08.11.2024
“Biologik faol qo‘shimchalar reklamalarida 328 ta qonunga zid holat aniqlandi” – Raqobatqo‘m
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
21:29 / 29.10.2024