O‘zbekiston | 20:30 / 28.10.2025
2460
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Serbiya prezidentlari Toshkentda Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Vuchich investitsiyalar, iqtisodiy hamkorlik, tibbiy xizmatlar, turizm, ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahrida 28 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Yetakchilar huzurida hukumatlararo va idoralararo hujjatlar to‘plamini qabul qilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Jumladan:

– Investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida bitim;

– Iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Tibbiy xizmatlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Turizm sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Ta’lim, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Muhandislik, ilg‘or texnologiyalar, sun’iy intellekt va turdosh sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida bitim;

– Diplomatik kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha 2026-2027 yillarga mo‘ljallangan dastur;

– Mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandum;

– Sport va jismoniy tarbiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bayonnoma;

– Toshkent va Belgrad shaharlari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida bitim.

Mavzuga oid