Jamiyat | 14:43 / 22.07.2017
12125
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada yo‘lovchi samolyoti qushlar galasi bilan to‘qnashib ketdi

Rossiyaning Penza shahridan Sochiga parvoz qilayotgan An-148 yo‘lovchi samolyoti qushlar galasi bilan to‘qnashib ketgach, Saratov aerodromiga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda «Interfaks» aviadispetcherlik xizmatlaridagi manbaga asosan xabar tarqatdi.

«An-148 yo‘lovchi samolyoti qo‘mondoni parvozga ko‘tarilish chog‘ida qushlar bilan to‘qnashib ketganini xabar berdi, keyinchalik dvigatellardan biri ishdan chiqqan. Havo kemasi Saratovdagi zaxira aerodromiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirish uchun darhol yo‘l olgan», - dedi u.

Uchuvchilar bitta dvigatelda ishlayotgan samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishdi. Samolyotdagi 80 ga yaqin yo‘lovchi evakuatsiya qilindi.

Samolyot dvigatelini ko‘zdan kechirish chog‘ida, qushlar bilan to‘qnashuvdan so‘ng u ishdan chiqqani ma'lum bo‘ldi.

Yo‘lovchilar zaxiradagi bort orqali parvozni davom ettirishdi.

Mavzuga oid