O‘zbekiston | 18:42 / 24.04.2017
32881
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida avtomobillar uchun yana bir tunnel quriladi

24 aprel kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tomonidan jurnalistlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Tadbirda Qamchiq dovonida yana bir avtomobil tunnelini qurish loyihasi ishlab chiqilayotgani ma'lum qilindi. 

O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakillarining xabar berishicha, mazkur loyiha “Qamchiq-2” nomini oladi. Hozirda mavjud bo‘lgan ustki tunnel esa zaxira vazifasini bajaradi. 

Ayni damda, loyiha mutaxassislari yanada xavfsizroq va kengroq, shuningdek, zamonaviy tizimlarga ega bo‘lgan tunnelni yaratish ustida qizg‘in ish olib bormoqda.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid