Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Kunni yotoqxonada emas, kutubxonada o‘tkazish kerak» - Sherzodxon Qudratxo‘ja yoshlarni o‘z ustida ko‘proq ishlashga chaqirdi
Xalqaro press-klubning 2 oktabr kuni oliy ta'limga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasida press-klub boshlovchisi Sherzodxon Qudratxo‘ja ota-onalarga murojaat qilib, ularni farzandlarining o‘qishi, kasb tanlashiga bolaligidanoq e'tibor qaratish, talabalarni esa o‘z ustida ko‘proq ishlashga chaqirdi.
«Bolani o‘qishga hujjat qabul qilishda uch oy qolganda rektor oldiga olib kirib, yo‘nalish so‘rash, bu noto‘g‘ri. Bolada ilk qiziquvchanlik avvalo, uyda, so‘ng bog‘chada, maktabda, kollej yoki litseyda paydo bo‘ladi. Ammo OTMga hujjat qabul qilishda uch oy qolganda emas.
Ota-onalar ayni bog‘cha yoshidan boshlab farzandining o‘qishiga jiddiy e'tibor qaratishi kerak. Bu millat uchun og‘riqli masalalar.
Sovet davrida «talabalik – oltin davrim» deyishardi. Men bu fikrga qo‘shilmayman. Masalan, Janubiy Koreyada yoshlar talabalikni «eng og‘ir davrim» deyishadi. U yerda bola tushlikda bir finjon qahvasini ichadi, tamom. Qolgan vaqtini kutubxonada, IT kurslarida o‘z ustida ishlash bilan o‘tkazadi. Shuning uchun ham bugun dunyodagi eng yaxshi tibbiyot, IT texnologiyalari ularda.
Bizning talabalar esa kunini faqat yotoqxonada o‘tkazadi. Shuncha sharoitlar qilingan paytda nima haqi bor ularning? O‘z ustida ishlashi kerak emasmi? Axir ota-ona ham o‘zi yemay, o‘zi kiymay shu bolasiga bermayaptimi?
Axir yoshlar o‘z ustida ishlamasa, millat, davlat qachon o‘zgaradi? Bunga qo‘shimcha, ota-onalar ham o‘zgarishi kerak», – deya Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:28 / 31.12.2025
Ekologiya, mediamakon va diplomatiya. 2025 yilgi O‘zbekiston – faollar nigohida
14:40 / 14.08.2025
Sherzodxon Qudratxo‘jani haqorat qilgan shaxs jarimaga tortildi
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
15:45 / 27.10.2024