Ortda qolgan yilning eng trenddagi mavzusi – ekologik muammolarning ildizi aslida ança çuqurda, deydi professor Şerzodxon Qudratxöja. Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimovga köra, davlat rahbari bu yil mustaqil Özbekiston tarixida rekord darajada köp xorijiy safarlarga çiqqan. Media sohasi eksperti Beruniy Alimov esa söz erkinligi bilan boğliq vaziyatni barqaror deb baholadi.
Ekologik inqiroz va hukumatning reaksiyasi
2025 yilda özbekistonliklar ekologik inqiroz bilan yuzma-yuz keldi. Jurnalist Şerzodxon Qudratxöja bu vaziyatda hukumatning tadbirkorlarni jazolaş emas, ularga muqobil yeçimlar taklif qilganini ijobiy baholadi:
«Özbekiston uçun, biz uçun bu Yaratgandan ham ogohlantiriş böldi. Hukumatimizga esa keskin çoralarni köriş uçun jiddiy turtki berdi. Tandir buziş holatlariga öxşagan holatlar ham böldi. Bu muammoning ildizlari biz ba’zida öylagançalik yuzada emas, ança çuqurda. Urbanizatsiya, aholimizning köp qismi şaharlarga köçdi. Ikkinçisi, iqtisodimiz – mana, yalpi içki mahsulot bu yil 145 milliard böldi.
Ekologik vaziyatga hukumatimizdan darrov reaksiya böldi, Prezident administratsiyasi rahbari özlari hamma joyga çiqdi, ikki-uç kun komissiyaning tungi reydlari böldi. Lekin menga bitta yoqqan joyi, agar eski davr bölganda havoni ifloslagan şaxslarni qamardi-qöyardi yoki katta jarima qilardi. Bu yerda esa yeçim berildi, tadbirkorlarga muqobil variantlar taklif etgan holda, qöllab-quvvatlandi».
Xorijiy taşriflarda rekord
Siyosatşunos Kamoliddin Rabbimov 2025 yilda xorijiy taşriflar soni rekord darajada bölganini ta’kidladi:
«Özbekistonning 2016 yilga qadar va undan keyingi 9 yillikdagi taşqi siyosatini tahlil qildim. Prezidentning birgina 2025 yildagi xorijiy taşriflarining soni 36 ta böldi. Bu – mustaqil Özbekiston tarixida mutlaq rekord.
2005 yildan 2016 yilga qadar, birinçi prezidentimiz örtaça bir yilda 5 ta, maksimum 7 ta xorijiy safar qilgan. Bu yilning özida esa 36 ta. Bu – faqatgina xorijiy taşriflar, Özbekistonning öziga kelayotgan xorijiy yuqori delegatsiyalar, davlat rahbarlari bilan qöşilganda, yanada köp aslida».
Siyosatşunosga köra, bu statistika mamlakatning taşqi siyosatdagi faolligini körsatadi. 2025 yilgi global siyosiy jarayonlar esa aynan şunday faollikni talab qiladi.










