Bugun saylovçilar özlari munosib deb bilgan nomzodga ovoz beradigan, siyosiy partiyalar esa har bir ovoz uçun kuraşadigan kun. Mamlakatda tonggi soat 08:00 saylov jarayonlariga start berilgan. Kun.uz muxbiri Yunusobod tumanida joylaşgan 520-saylov uçastkasidagi jarayonlar bilan tanişdi.

Uşbu saylov uçastkasidagi ilk saylovçilardan biri Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov böldi. U oilasi bilan kelib, özi tanlagan nomzodga ovoz berdi.

Kun yarmiga qadar saylovçilarning kelib-ketişi biroz passiv ötdi. Mazkur jarayonni Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Şerzodxon Qudratxöja toşkentliklarning keç uyğonişi bilan izohladi:

“Yirik şaharlar, xususan, poytaxt aholisi boşqa joylarda istiqomat qiluvçilarga nisbatan biroz keçroq uyğonadi. Dunyoning barça megapolislarida ötkazilgan saylovlarda ham ovoz beruvçilar kun yarmiga yaqin, ya’ni 11:00-12:00 lardan keyin faollaşadi. Ayni damda turgan saylov uçastkamiz Markaz 5 hududida joylaşgan. Şu bois, saylovçilarning katta qismi tuşdan keyin kelişini kutyapmiz”, – dedi u.

Saylov uçastkasida fuqarolarning ovoz berişi uçun alohida kabinalar taşkil etilgan. Saylovçilar yaşirin ovoz beriş yöli bilan 5 siyosiy partiya nomzodlaridan birini tanlamoqda. Mazkur saylovda iştirok etayotganlar ham Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, ham mahalliy (viloyat, şahar va tuman) kengaş deputatligiga nomzodlar uçun ovoz bermoqda.

520-saylov uçastkasida jami 2381 nafar saylovçi röyxatga olingan. Saylov uçastkasi rahbari Ravşan Rayimjonovning aytişiça, bu yerda 16-23 oktyabr kunlari muddatidan avval ovoz berganlar soni 92 nafarni taşkil qiladi.

Parlament sayloviga jami 851 nafar xorijiy kuzatuvçilar akkreditatsiyadan ötgan, ular saylov okruglariga borib, jarayonlarning qanday bölayotganini kuzatyapti. Jahon savdo markazlari assotsiatsiyasi direktori Vijay Kalantrining ta’kidlaşiça, Özbekistondagi bu yilgi parlament saylovlari yuqori saviyada, tizimli taşkillaştirilgan:

“4 dan ortiq saylov uçastkasiga bordim, hududlarda uşbu demokratik jarayonlar şaffoflik bilan ötyapti. Ovoz berayotgan odamlar alohida kabinalarga kirib, nomzodlarni tanlayapti, kuzatuvçilar saylovni diqqat bilan nazorat qilib turibdi. Öylaşimça, Özbekistonda bunday demokratik jarayonlar faollik bilan davom etadi”, ¬ deydi u

Qirğiziston Milliy axborot agentligi rahbari Nazarbek Şermataliyev esa jarayonda heç qanday nizom buzilişi holatini aniqlanmaganini, saylovçilar uçastkalarga ixtiyoriy tarzda taşrif buyurib, özi istagan nomzodlarga ovoz berayotganini bildirdi.

Şerzodxon Qudratxöja esa bu yilgi parlament saylovining eng muhim jihati proporsional tizimga ötilganida ekanini aytdi.

“Ilgari biz partiyalar deganda dasturlari bir-biridan farqlanmaydigan, egizakka öxşaş tuzilmalarni körar edik. Hozir esa ularning faoliyatida sezilarli darajada xilma-xillik paydo böldi. Bu yilgi saylovlarda ham partiyalar, ham nomzodlar özaro bellaşişdi. “Debat holl”da taşkil etilgan munozaralarda “qalampir” usulidagi raundlar yölga qöyildi, bunda nomzodlar bir-birining dasturida belgilangan vazifalar bilan tanişib, saylovçilarga berilayotgan va’dalarni özaro muhokama qildi. Uşbu saylov siyosiy partiyalarga amaliy keys vazifasini ötadi. Partiyalar endi saylovga oldindan kuçliroq tayyorlanadi, raqiblarining nozik joylarini örganadi, şu orqali bir-birining dasturini takrorlamaydi. Şuningdek, saylovçi oldida va’da qilgan dasturi manzilli böladi”, – dedi u.

Ma’lumot örnida, Özbekiston tarixida birinçi marta siyosiy partiyalar tomonidan barça darajadagi deputatlik örinlariga 100 foiz nomzodlar körsatildi. Bu galgi saylovlarda Qonunçilik palatasiga jami 875 nafar, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, Xalq deputatlari viloyat va Toşkent şahar kengaşlariga jami 3 625 nafar, xalq deputatlari tuman va şahar kengaşlariga jami 24 850 nafar nomzod qöyilgan.

MSKning ma’lum qilişiça, ayni damda 11 ming 28 ta saylov uçastkalari faoliyat yuritmoqda, saylovçi sifatida respublika miqyosida 19 million 944 mingdan ortiq fuqaro röyxatga olingan.

Ovoz beriş jarayonlari keçki soat 20:00 ga qadar davom etadi.