Comrade_Aziz nomi ostida faoliyat yuritadigan Aziz Hakimov jurnalist Şerzodxon Qudratxöjani haqoratlagani uçun jarima tölaydigan böldi. Bunga oid iş JIB Uçtepa tuman sudida körib çiqildi. Bu haqda Şerzodxon Qudratxöja Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Jurnalistning yozişiça, u Kirill Altmanga bergan intervyusida Rossiyaning Smolin, Prilepin, Zaxarov va yana boşqa siyosatçilariga bergan aççiq javoblari va bahosidan keyin Comrade_Aziz nomi ostida faoliyat yuritadigan Aziz Hakimov uni haqorat qilgan. Şuningdek, obrösizlantiradigan videorolik hamda matnli xabarlarni davomiy çiqara boşlagan.

«Bir çiqdi, indamadim, mayli, bu söz erkinligi, dedim; ikki çiqdi, indamadim, mayli, bu hurfikrlik dedim; uç çiqdi, indamadim, bu bahs va polemika, dedim. Indamaganim sari bu kimsa özbekona andişamni qörqoqlik deb öyladi şekilli, haddidan oşa boşladi, axloq va odob çegarasini buzdi, meni natsist dedi, natsionalist dedi, bosmaçilar va boylarning ölmay qolgan avlodi dedi, ismimni kamsitib yozdi, familiyamdan “-yev”ni olib taşlaganim, nima emiş, yoqmaganmiş, şu sabab bobolarim ismini ham buzib tahqirlay boşladi. Xöp çidadim, köp çidadim! Ammo qarasam, tinmayapti, yigitlarimizning özga davlatda jang qilişini madh qilyapti, non-tuzimizni yeb turib, bizning yurtimizni, vatandoşlarimizni oçiqdan oçiq yerga ura boşladi», – deb yozgan Şerzodxon Qudratxöja.

Şuningdek, jurnalist söz, fikr erkinligi bölişi kerakligini, biroq heç kim boşqa odamni tahqirlaşi, tuhmat qilişi yo haqorat qilişi mumkin emasligini bildirgan, taşqi tahdidlar xavfi haqida aytgan.

«Özbekistonning dunyo xaritasidagi joylaşuvi noqulay va murakkab nuqtada joylaşgan, najot yoşlarimizda, najot bilim va ilmda, najot yangi zamonaviy texnologiyalarda! Esingizda, ötgan asr boşida Qodiriy bobomiz “Ötkan kunlar” romanida bizni ogohlantirgandi. Yuzlab, minglab jadidlarimiz, oydinlarimiz qatağon böldi, qabrlarini haligaça topolmay sarsonmiz. Öşandayam odamlarimiz buğdoy narxi, arpa narxi deb yurişgan. Şimoldan kelayotgan tahdid naqadar xavfli ekanini payqaşmagan», – degan u.

Sud qarori bilan Aziz Hakimov Şerzodxon Qudratxöja töğrisida yolğon ma’lumot tarqatgan va uni haqoratlagan deb topilib, 18,7 mln söm miqdorda jarima jazosiga tortildi.