Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Rossiyada efirga uzatiluvchi “Jdi menya” ko‘rsatuvi yopildi
Foto: Yevgeniy Gladin / TASS
Rossiyaning Birinchi kanali “Jdi menya” ko‘rsatuvini tayyorlash uchun “VID” telekompaniyasi bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Bu haqda telekanaldagi manbaga iqtibos keltirgan holda RBK nashri xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, avvalgi shartnoma muddati tugagan va tomonlar ko‘rsatuvning yangi boshlovchisi nomzodi bo‘yicha kelisha olishmagan. Ko‘rsatuvni olib borgan Aleksandr Galibin Birinchi kanal bilan kelishilmagan holda bo‘shatib yuborilgan, yangi nomzodlar esa telekanalni qoniqtirmagan.
“Ishlab chiqaruvchi va telekanal o‘rtasidagi nizo ko‘rsatuv boshlovchisi nomzodi xususidagi ijodiy kelishmovchiliklar bilan shartlangan”, deb ma'lum qildi boshqa bir manba.
“VID” va Birinchi kanal vakillari bu holatga izoh berishmagan.
“Jdi menya” ko‘rsatuvi bir-birlaridan turli sabablarga ko‘ra ayrilgan insonlarning yana topishishlarida ko‘mak ko‘rsatgan. U orqali minglab odamlar o‘z yaqinlari, do‘stlari, tanishlarini topishgan, ularni yana ko‘rish baxtiga muyassar bo‘lishgan.
Mavzuga oid
14:00 / 19.09.2024
Rossiya "Birinchi kanal"i Pozner efirga qaytishini e’lon qildi
16:42 / 21.03.2022
Birinchi kanal Ovsyannikovani xoinlikda aybladi. Kanaldagilar u aksiyadan oldin «Angliya elchixonasi»ga qo‘ng‘iroq qilganini aytmoqda
21:17 / 30.03.2018
Rossiyaning Birinchi kanali Kemerovodagi fojia sababli hajviy ko‘rsatuvlar namoyish qilmaydi
18:20 / 29.10.2017