Jahon | 07:23 / 12.12.2025
12682
2 daqiqa o‘qiladi

Kishi boshiga tabiiy boylik bo‘yicha dunyo yetakchilari: Saudiya birinchi, Kanada - ikkinchi

Yangi reytingda Statista’ning tabiiy resurslar bo‘yicha baholari va Worldometer’ning 2025 yildagi aholi soni ma’lumotlari qiyoslanib, eng boy o‘nta davlatning tabiiy resurslari qiymati aholi soniga bo‘lib hisoblandi.

Foto: AP

Birinchi o‘rinni Saudiya Arabistoni egalladi — har bir aholi hissasiga deyarli bir million dollarlik tabiiy resurslar to‘g‘ri keladi. Ulkan neft zaxiralari mamlakat iqtisodiyoti poydevori bo‘lib qolmoqda, nisbatan kichik aholi soni esa kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkichni keskin oshiradi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kanada va Avstraliya egallaydi, bu davlatlarda har bir inson hissasiga 700 ming dollardan ortiq tabiiy boylik to‘g‘ri keladi.

Kanadada yuqori qiymatni neft, o‘rmon zaxiralari va kon-mineral boyliklari shakllantiradi. Avstraliya esa temir rudasi, ko‘mir va tabiiy gaz eksporti hisobiga yutuqqa ega. Har ikki mamlakat ulkan hudud va nisbatan kam aholiga ega bo‘lgani uchun kishi boshiga hisob-kitobda katta ustunlikka erishadi.

Rossiya reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab, har bir fuqaro hissasiga 520 ming dollardan ortiq tabiiy boylik to‘g‘ri keladi.

Xitoy va AQSh umuman olganda ulkan tabiiy resurslarga ega, biroq aholi soni inobatga olinganda, ular top-10 likning pastki qismida joylashadi.

Xitoyda 1,4 milliarddan ortiq odam yashaydi, shu bois kishi boshiga to‘g‘ri keladigan ko‘rsatkich 16 ming dollardan biroz baland, xolos. AQSh esa tabiiy resurslari 45 trillion dollarga baholanishiga qaramay, faqat sakkizinchi o‘rinni egallaydi.

Mavzuga oid