Jahon banki guruhi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslangan yangi vizualizatsiya tabiiy resurslardan tuşadigan daromadlarning yalpi içki mahsulot (YaIM)dagi uluşini körsatib, qaysi mamlakatlar xomaşyo qazib oliş va sotişga eng köp tayanişini yaqqol namoyon qiladi. Unda resurs rentasining YaIMdagi uluşi aks ettirilgan — ya’ni neft, gaz, kömir, foydali qazilmalar va örmon resurslaridan tuşadigan iqtisodiy ortiqça qiymat (ularni qazib oliş xarajatlari çiqarib taşlanganidan keyin qoladigan qismi).

Tabiiy resurslarga boğliqlik darajasi eng yuqori çegarada turgan davlatlar soni köp emas. Röyxatda Liviya birinçi örinda: tabiiy resurslardan keladigan daromadlar uning YaIM 61 foizini taşkil etadi. Bu mamlakat iqtisodiyotining deyarli töliq neft eksportiga tayanayotganini körsatadi. Iroq, Kongo Demokratik Respublikasi va Kongo Respublikasi ham iqtisodiy mahsulotining uçdan bir qismidan ortiğini tabiiy resurslar hisobiga oladi.

Visual Capitalist

Bunday iqtisodiyotlarda davlat daromadlari, iş bilan bandlik va xorijiy valuta tuşumlari jahon xomaşyo narxlaridagi tebranişlar bilan juda uzviy boğliq böladi.

Tabiiy resurslarga yuqori darajada boğliq mamlakatlarning aksar qismi Yaqin Şarq va Afrikada joylaşgan. Neft va gazga boy davlatlar — masalan, Eron, Angola, Ummon, Qatar va Saudiya Arabistoni uşbu guruhda sezilarli örin tutadi.

Sahroi Kabirning janubidagi Afrika mamlakatlarida esa foydali qazilmalar eksportçilari, jumladan Zambiya va Angola, şuningdek neft qazib oluvçi davlatlar — Ekvatorial Gvineya va Çad katta ahamiyatga ega: ularning iqtisodiyoti resurs rentasiga kuçli darajada boğliq.