Kanadaning geosiyosiy xatarlarni örganiş bilan şuğullanuvçi SecDev kompaniyasi 2014 yildan buyon Rossiya nazoratiga ötgan Ukraina tabiiy  boyliklari tahlilini ötkazdi.

Ekspertlarning baholaşiça, hozirda Rossiya Ukrainadagi $12,4 trln dollarlik foydali qazilmalar konlarini öz nazoratiga olgan.

Bu kompaniya örgangan 2209ta kon qiymatining qariyb yarmini taşkil etadi. Kompaniyaning bildirişiça, Ukraina Rossiya nazoratiga ötgan hududlar bilan birgalikda 63 foiz kömir, 42 foiz metall, 33 foiz nodir metall, 20 foiz neft, 11 foiz tabiiy gaz konlarini yöqotgan.

SecDev ma’lumotiga köra, Rossiya “maxsus operatsiya” davomida 41ta kömir, 27ta tabiiy gaz, 14ta propan, 9ta neft, 6ta temir rudasi, 2ta titan rudasi, 2ta sirkoniy rudasi konlarini qölga kiritgan. Şuningdek, bittadan stronsiy, litiy, uran, oltin konlari va yirik ohak kareri rossiyaliklar nazoratiga ötgan. 

Qayd etilişiça, Ukraina öz konlarining uçdan ikki qismidan butunlay ayrilişi mumkin.