O‘zbekiston | 20:14 / 28.05.2026
11346
2 daqiqa o‘qiladi

Madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlari unvon, orden va medallar bilan taqdirlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Taqdirlanganlar orasida G‘iyos Boytoyev, Rustam G‘oipov, Matyoqub Matchonov, Ra’no Yarasheva, Tolib Mo‘minov, Munisa Rizayeva, Erkin Komilov, Yodgor Sa’diyev, Erkin A’zamov va Zulfiqor Musoqov bor.

Foto: Kun.uz

Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi G‘iyos Boytoyev, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Rustam G‘oipov, O‘zbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi, kinoaktyor Matyoqub Matchonov va O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Ra’no Yarasheva, Ichki ishlar vazirligining madaniyat saroyi badiiy rahbari, aktyor Uchqun Tillayev «O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat filarmoniyasining Farg‘ona viloyati bo‘linmasi xonandasi Otabek Mamazoitov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Tolib Mo‘minov, «Xalqlar do‘stligi» ansambli estrada xonandasi Xurshid Rasulov, «O‘zbekkonsert» davlat muassasasi xonandasi Munisa Rizayeva va O‘zbek Milliy akademik drama teatri bosh rejissyori Asqar Xolmo‘minov «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori Erkin Komilov, O‘zbek Milliy akademik drama teatri direktori, aktyor Yodgor Sa’diyev «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

«Tafakkur» jurnali bosh muharriri, yozuvchi Erkin A’zamov, «O‘zbekfilm» kinokonserni» davlat muassasasi postanovkachi rejissyori Zulfiqor Musoqov «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlandi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zebo Mirzayeva «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, madaniyat, san’at va adabiyot sohalarining ko‘plab vakillari «Fidokorona xizmatlari uchun», «Mehnat shuhrati», «Do‘stlik», «Sog‘lom avlod uchun» ordeni bilan mukofotlandi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid