Prezident Shavkat Mirziyoyev Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi) munosabati bilan tizimdagi ko‘p yillik mehnati, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, intensiv agrotexnik usullarni qo‘llash orqali yuqori hosildorlikka erishish, el-yurt farovonligini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun sohaning bir guruh vakillarini taqdirladi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan paxtakor» faxriy unvoni bilan

Abduraxmonov Abdunabi Abduraimovich - Sharof Rashidov tumanidagi «Qo‘rg‘ontepa» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Jizzax viloyati

Matniyozov Po‘lat Yoqubovich - Bog‘ot tumanidagi «Yoqub bobo o‘g‘li Omon» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Xorazm viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan

Komilov Tursunboy - To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Komilov Tursunboy» ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi ish boshqaruvchisi, Namangan viloyati

Masharipov Uktam Rustamovich - Xorazm viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Ruziyev Zafar Sharopovich - Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari

Sanoyev Yodgor - Vobkent tumanidagi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha «Xayrobod» hududi rahbari, Buxoro viloyati

G‘aniyev Shuxrat Madaminovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining agrar rivojlanish masalalari bo‘yicha maslahatchisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan irrigator» faxriy unvoni bilan

Nadjimov Marat Faxriyevich - «O‘zsuvloyiha» aksiyadorlik jamiyati bosh direktori

Saidov Yusup Mamatovich - Uzun tumani «Cuv yetkazib berish xizmati» davlat muassasasi muhandis-gidrotexnigi, Surxondaryo viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan pillachi» faxriy unvoni bilan

Yusupova Gulbaxar Erkinovna - Beruniy tumanidagi «KKR Ipak Cluster» mas’uliyati cheklangan jamiyati pillachisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi