Prezident öz tabrigida san’at ustalari, ijodkorlar, yoş ijroçilar va barça soha xodimlariga fidokorona mehnati uçun samimiy minnatdorlik bildirdi. Uning qayd etişiça, sönggi yillarda mamlakatda madaniyat va san’at tizimini zamonaviy talablar asosida rivojlantiriş böyiça keng kölamli islohotlar amalga oşirilib, sohaning moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda.
Murojaatda teatr, kino, muzey va madaniy tadbirlar sifati izçil yaxşilanib borayotgani, aholiga körsatilayotgan madaniy xizmatlar kölami kengayayotgani alohida ta’kidlandi. Şu bilan birga, zamonaviy boşqaruv mexanizmlari joriy etilayotgani, davlat-xususiy şeriklik asosida yangi ijodiy loyihalar amalga oşirilayotgani, raqamli texnologiyalar va ilğor tajribalar madaniyat muassasalari faoliyatiga tatbiq etilayotgani qayd etildi.
Prezident keltirgan ma’lumotlarga köra, keyingi yillarda mamlakatda 2 ta teatr, 19 ta madaniyat markazi, 16 ta muzey, 20 ta musiqa va san’at maktabi, şuningdek, uşbu yönalişda 5 ta oliygoh taşkil etildi. Köplab muassasalar zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanib, 125 ta tarixiy-madaniy meros obektida asraş va tiklaş işlari amalga oşirildi.
Şavkat Mirziyoyev ötgan yili tasviriy va amaliy san’at sohasini rivojlantiriş böyiça alohida qaror qabul qilinganini, Toşkent şahrida Özbekiston Milliy muzeyi binosi qurilişi boşlanganini ham eslatdi. Uning ta’kidlaşiça, joriy yilda Markaziy körgazmalar zali, Badiiy körgazmalar direksiyasi fondi binosi va Pavel Benkov nomidagi rassomlik maktabida quriliş-ta’mirlaş işlari olib borilib, soha xodimlarini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çoralar köriladi.
Tabrikda madaniy diplomatiya masalasiga ham alohida urğu berildi. Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston nufuzli xalqaro forumlar, tanlovlar, festivallar va madaniyat kunlari orqali jahon madaniy maydonida tobora faol iştirok etmoqda. Jumladan, Samarqand şahrida YuNeSKO Boş konferensiyasining sessiyasi, Buxoroda Birinçi xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi, Nukusda Orol madaniyati sammiti, Xorazmda Turkiy dunyo madaniyat forumi va Toşkentda Markaziy Osiyo hamda Ozarboyjon madaniyat vazirlarining birinçi uçraşuvi yuqori saviyada taşkil etilgani tilga olindi.
Şuningdek, davlat rahbari özbekistonlik san’atkorlarning xalqaro maydondagi nufuzi ortib borayotganini ta’kidladi. Xususan, Avstriyaning Zalsburg şahridagi maşhur sahnada Özbekiston Milliy baleti tomonidan “Lazgi. Muhabbat va qalb raqsi” baleti namoyiş etilgani, 9 aprel kuni esa Musikverein sahnasida Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bağişlangan musiqali opera asari taqdimoti ötkazilgani buning amaliy ifodasi sifatida qayd etildi.












