“Da’vatlarga berilmang” - Rossiya armiyasiga yollanayotgan barcha O‘zbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortiladi
O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi fuqarolikdan chiqarishga doir prezident farmoni qabul qilingunga qadar, o‘zbekistonliklarning xorijiy davlat fuqaroligi e’tirof etilmasligini bildirdi. Diplomatik vakolatxona yurtdoshlarimizni urush targ‘ibotlariga berilmaslikka chaqirib, xorijiy davlatdagi harbiy harakatlarda qatnashgan barcha O‘zbekiston fuqarolari istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishini ma’lum qildi.

Foto: Sputnik
O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi vatandoshlarni xorijiy davlatlar hududida jinoiy javobgarlik belgilangan harbiy harakatlarda ishtirok etishdan ogohlantirdi. Diplomatik vakolatxonaning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston fuqarosining fuqaroligi prezident farmoniga ko‘ra bekor qilinmagunga qadar uning xorijiy davlat fuqaroligiga tegishli ekanligi e’tirof etilmaydi.
“Shu munosabat bilan, konsullik vakolatxona Jinoyat kodeksining 154-moddasiga ko‘ra “yollanish” — xorijiy davlat hududidagi qurolli to‘qnashuvlarda yoki harbiy harakatlarda qonunga xilof ravishda qatnashish jinoyat hisoblanishi, ushbu harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlik o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilishni nazarda tutishini eslatib o‘tadi.
Bosh konsulxona Jinoyat kodeksining yuqoridagi moddasida nazarda tutilgan qonunga xilof harakatlarni sodir etganligi to‘g‘risida xolis ma’lumotlar mavjud bo‘lgan barcha shaxslar istisnosiz jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida O‘zbekiston fuqarolarini ogohlantiradi”, — deyiladi diplomatik vakolatxona bayonotida.
Shuningdek, Bosh konsulxona yurtdoshlarimizni da’vatlarga berilmaslik va ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
O‘zbekiston | 14:06
-
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar, Damashqqa zarba yo‘llagan Isroil va pasaygan OAV erkinligi - kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi
O‘zbekiston | 13:52
Mavzuga oid

19:35 / 02.05.2025
Bloomberg: Tramp jamoasi Rossiyaga iqtisodiy bosimlarni kuchaytirish variantlarini tayyorladi

22:09 / 01.05.2025
Tramp bilan muzokaralar boshlanganidan keyin rossiyalik milliarderlar 15 mlrd dollarga boyidi

17:33 / 01.05.2025
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

14:30 / 01.05.2025