Jamiyat | 01:33 / 11.10.2021
9865
1 daqiqa o‘qiladi

Sotish uchun Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘sht Navoiyda to‘xtatib qolindi

Foto: IIV axborot xizmati

Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan «Samarqand» YPX maskanida Buxorodan Toshkentga olib ketilayotgan sifatsiz go‘shtlar to‘xtatib qolingan. Bu haqda viloyat IIB PPX va JSTB karantin tadbirlarini ta'minlash bo‘linmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 8 oktabr kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida yashovchi Sh.Sh. boshqaruvidagi «Lasetti» mashinasi Navoiy viloyati IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini ta'minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan to‘xtatib tekshirilgan.

Tekshiruv davomida mashina yukxonasida 160 kilogramm yirik shoxli qoramol go‘shti veterinariya-sanitariya qoidalari talablariga zid ravishda Toshkent shahriga sotish maqsadida olib ketilayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Ma'muriy kodeksning 109-moddasiga asosan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Oldinroq Navoiyda Toshkentga olib ketilayotgan 900 kilogrammga yaqin sifatsiz go‘sht to‘xtatib qolingandi.

Mavzuga oid