Oğir kasallik tufayli hayot-mamot yoqasiga kelib qolgan turmuş örtoğini saqlab qoliş uçun ayol jigarining bir qismini berişga qaror qildi. Navoiy viloyatida ilk bor ötkazilgan bu murakkab operatsiyagaça oila yillar davomida dard, xavotir va umid bilan yaşadi. Oilasi uçun ayol nimalar qila olişi mumkinligi haqidagi hayotiy hikoya.
Nargiza Röziyevaning aytişiça, 2022 yilda turmuş örtoğiga jigar sirrozi taşxisi qöyilgan. Unda gepatit asoratlari kuzatilgan. Avvaliga oila bu xabardan dovdirab qolmadi, kasallikka qarşi kuraşişga harakat qildi. Davolanişlar olib borildi, tekşiruvlar ötkazildi.


Biroq vaqt ötgani sari kasallik asoratlari kuçayib bordi. Bu holat ba’zan Şerzod Jörayevni tuşkunlikka ham tuşirib qöygan.
“Bu sinov, hali hammasi ötib ketadi. Biz bu kasallikni yengamiz. Hayotga qarang, odamlarga qarang, yaqinlaringiz, farzandlaringiz bor. Kuraşiş uçun juda köp sabablar bor, deb turmuş örtoğimga tasalli berib turardim”, - deydi Nargiza Röziyeva.
Oila bir neça marta Navoiy va Toşkentda tekşiruvlardan ötdi. Şifokorlar jigar transplantatsiyasi, ya’ni jigar köçirib ötkaziş amaliyoti zarurligini bildirdi. Buning uçun esa donor kerak edi.

“Birinçi bölib özim jigarimni beraman dedim. Singillari ham donor bölişga tayyorligini aytdi. Bir neçta tekşiruvlardan keyin mening natijalarim mos keldi. Turmuş örtoğimga jigarimni berişim mumkin ekan. Buni eşitganimda juda xursand böldim.
Allohga şukur qilaman. Bu bergan ne’matlari oldida kiçik bir sinov. Nasib qilsa, ikkimiz ham bu sinovdan ötamiz”, - degan u operatsiyaga kirişdan oldin.
Operatsiya Navoiy viloyati köp tarmoqli tibbiyot markazida – viloyatda birinçi marta ötkazildi.

Navoiy viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi boş jarrohi, tibbiyot fanlari nomzodi Ötkir Xuşvaqtovning aytişiça, operatsiya Milliy tibbiyot markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda amalga oşirilgan.



















