Oxirgi haftada 1 kg mol göştining ulgurji minimal narxi 7 foizga kötarildi. Bu ta’minot zanjiridagi uzilişlar bilan boğliq bölişi mumkin. Xususan, Rossiyaning bir qator hududlarida qoramollar orasida xavfli infeksiya tarqaldi. Natijada Qozoğiston hukumati uşbu mamlakatdan tirik çorva, göşt mahsulotlari, şuningdek, issiqlik işlovi berilmagan ozuqa va yem qöşimçalarini olib kiriş hamda tranzit qilişni töxtatdi. Bundan taşqari, Kobul va rasmiy Islomobod örtasida yuzaga kelgan ziddiyat fonida Pokistondan Afğoniston orqali göşt kirib kelişida ham muammolar kuzatilayotgan bölişi mumkin.

Oxirgi yillarda Özbekistonda göşt va göşt mahsulotlari narxining qimmatlaşgani aholining kundalik xarajatlariga sezilarli ta’sir körsatyapti. Ayniqsa mol göşti bahosining tez-tez özgarişi nafaqat iste’molçilar, balki oziq-ovqat xavfsizligi, inflatsiya va agrar siyosat samaradorligi masalalarini ham kun tartibiga olib çiqadi.

Sönggi haftalarda narxlar yana beqarorlaşa boşlagan. Iqtisodiyot va moliya vazirligining qayd etişiça, 17mart kuni Eski Juva dehqon bozorida 1 kg mol göştining ulgurji minimal narxi 70 ming sömdan, maksimal narxi 105 ming sömdan sotilgan. 24 mart holatida esa minimal narxi 75 ming sömgaça, maksimal narxi 108 ming sömgaça qimmatlaşgan. Ya’ni bir hafta içida mol göştining ulgurji minimal bahosi 7 foizga, maksimal bahosi esa 2,8 foizga oşgan.

Rossiyada qoramollarning kasallanişi

Rossiyaning bir qator hududlarida, xususan, Sibirning Novosibirsk viloyati, Oltoy ölkasi va Şimoliy Kavkaz mintaqasida qoramollar örtasida xavfli quturiş va pasterellyoz infeksiyasi tarqaldi. Buning oqibatida mamlakatning özida kasallangan mollar ommaviy tarzda izolyatsiya qilinib, yöq qilinyapti. Ayrim hududlarda karantin joriy etilgan: sut va göşt sotiş taqiqlangan, kiriş-çiqiş çeklangan. Uşbu favqulodda vaziyat fonida Qozoğiston hukumati ham kasallik kirib kelişining oldini oliş uçun qat’iy çoralar köra boşladi. 2026 yil fevral oyidan boşlab bosqiçma-bosqiç joriy qilingan çeklovlar 19 martdan boşlab qat’iylaştirildi