O‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashmagan energetika korxonalari rahbarlariga hayfsan berildi
Energetika vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda elektr ta’minotida cheklovlarni kiritishda belgilangan tartiblarga rioya etilmayotgani iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi qattiq tanqid qilingan. Kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi uchun bir qator rahbarlarga «hayfsan» berilgan.
Jumladan, «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisi Dadajon Isakulov, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Ro‘ziqul Rayimov, «Qashqadaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi» filiali direktori Anvar Muzapov va «Toshshaharnur» DUK direktori Umidbek Rajabovga «hayfsan» intizomiy jazosi berilgan.
Energetika vazirligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, shuningdek, prokuratura organlari hamda tizim korxonalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan maxsus shtabning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan.
Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yig‘ilishda hozirgi kunda energiya resurslari ta’minotidagi mavjud muammolar va ularning yechimlari, bu borada olib borilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqilgan.
Yig‘ilishda maxsus shtab tashkil etilganiga qaramay, joylardagi hududiy shtablarning faoliyati talab darajasida tashkil etilmaganligiga alohida urg‘u berildi.
Ayrim mas’ul rahbarlarning dolzarb muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etishda ishlarni to‘g‘ri tashkil qilmayotganligi, buning natijasida tizimda ko‘plab texnik nosozliklar sodir bo‘layotgani, energiya tejamkorlik masalalarida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilayotgani hamda elektr ta’minotida cheklovlarni kiritishda belgilangan tartiblarga rioya etilmayotgani iste’molchilarning haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotganligi qattiq tanqid qilindi.
Yig‘ilishda yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi muammolarni bartaraf etishda ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni vijdonan amalga oshirish va buning natijasida iste’molchilarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash bosh mezon ekanligi, bunda esa sohada ijro intizomi masalasi nihoyatda muhimligi alohida ta’kidlangan, — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:02 / 14.09.2024
Maktab o‘quvchilari orqali fuqarolarga eslatma-xat yo‘llagan soliqchilarga hayfsan berildi
10:46 / 09.07.2024
Andijon, Farg‘ona va Surxondaryoda elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
16:48 / 06.07.2024
577 so‘mdan 998 so‘mgacha - IESlarda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi qancha?
14:04 / 03.07.2024