Nişon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi 14-maktabga borib, öquvçilar orqali soliq tölovçilarga eslatma-xat tarqatgani keskin e’tirozlarga sabab böldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhada ikki soliqçi sinfga kirib, öquvçilarga jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan mol-mulk va yer soliqlarining tölov muddatlari haqida tuşuntiriş berib, eslatmalar tarqatgani aks etgan.
Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi uşbu soliqçilarga tayinlangan xizmat tekşiruvi natijasini ma’lum qildi. Unda keltirilişiça, soliqçilarga intizomiy jazo qöllangan.
“Joriy yil 4 sentabr kuni soliq inspeksiyasining Işlab çiqariş va yordamçi xodimlar tarkibidan Rözmamat Nurmanov va Bobur Hazratqulov tumandagi 14-sonli örta maktab borib, 3-sinf öquvçilariga jismoniy şaxslar tomonidan tölanadigan mol-mulk va yer soliqlari haqida eslatmalarni ota-onalariga yetkaziş uçun tarqatgan.
Inspeksiya rahbariyati tomonidan uşbu xodimlarga eslatmani aynan maktab hududida tarqatiş haqida topşiriq berilmagan.
Xodimlar maktab öqituvçisi bilan kelişib, sinf xonaga kirgan holda öquvçilarga eslatmalarni tarqatgan. Holat sinf rahbari tomonidan videotasvirga olinib, sinf öquvçilari ota-onalarining Telegram’dagi guruhiga taşlab yuborilgan. Natijada uşbu videotasvir ijtimoiy tarmoqlarga salbiy talqinda tarqalib ketgan”, deyiladi boşqarma rasmiy munosabatida.
Qöşimça qilinişiça, holat yuzasidan Nişon tumani soliq inspeksiyasi boşliğining birinçi örinbosari I.Rahimqulovga rasmiy ogohlantiriş berilgan. Xodimlar R.Nurmanov va B.Hazratqulovga hayfsan intizomiy jazo çorasi qöllangan. Şuningdek, barça şahar va tuman soliq inspeksiyalari boşliqlari bu kabi holatlarga yöl qöymasliklari yuzasidan ogohlantirilgan.
Qaşqadaryo viloyati davlat soliq boşqarmasi rasmiy kanalida e’lon qilingan mazkur munosabat negadir köp ötmay öçirib taşlandi.
Soliq qömitasi matbuot xizmati soliqçilarning uşbu harakatini noörin deb hisoblaşi va keskin qoralaşini bildirgan, Bolalar ombudsmani esa mas’ullarni javobgarlikka tortişni talab qilgandi.









