Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beshafqat «Barselona». Klasikoda yana katalonlar g‘olib
Ispaniya Kubogidagi fiaskodan 3 kun o‘tib «Real» yana «Santyago Bernabeu»da «Barselona»ga mag‘lub bo‘lib (0:1), chempionlik uchun umidini yo‘qotdi.
«Real» - «Barselona» - 0:1 (0:1)
Gol: Rakitich, 26.
«Real»: Kurtua, Karvaxal, Varan, Serxio Ramos, Regilon, Modrich, Kazemiru (Isko, 76), Kroos (Valverde, 55), Beyl (Asensio, 61), Benzema, Vinisius Junior.
«Barselona»: ter Shtegen, Serji Roberto, Langle, Pike, Jordi Alba, Rakitich, Buskets (Semedu, 90+2), Artur (Vidal, 71), Messi, Suares, Dembele (Koutinyu, 78).
Ogohlantirishlar: Buskets, 2. Serxio Ramos, 61. Langle, 63. Asensio, 82. Karvaxal, 89.
Hakam: Undiano Malenko.
2 mart. Madrid. «Santyago Bernabeu» stadioni.
Valverdening taktikasi
«Real»da Kubok bahsidagi alamli mag‘lubiyatni unutish uchun atigi 3 kun bor edi. O‘tgan haftadagi o‘yinda Suares madridliklarning yangi yulduzi Vinisiusga vaziyatlardan qanday foydalanish bo‘yicha mahorat darsi o‘tib bergandi. Yosh braziliyalik o‘yin davomida kataloniyaliklarning himoyachilarini aldab yurgan va darvoza tomon 6 marta zarba yo‘llagan, lekin birorta gol urolmagandi. Urugvaylik futbolchi esa ikki gol urib, uchinchi gol urilishiga sababchi bo‘lgan, «Qirollik klubi» darvozasiga urgan gollari sonini 11taga yetkazgandi.
Suaresning samaradorligi kataloniyaliklarning ruhini ko‘tardi va jamoa navbatdagi muvaffaqiyat uchun tayyorlandi. Shanba kungi o‘yin tarixiy o‘yinga aylanishi kutilayotgandi: shu vaqtgacha o‘tkazilgan klasikolarda teng ko‘rsatkich qayd etilayotgandi: chorshanba oqshomidagi o‘yindan keyin «Real» va «Barsa» klasikolardagi g‘alabalar soni bo‘yicha bir xil natija ko‘rsatib turgandi - 95:95. Bu borada yana oldinga chiqib olish uchun Santyago Solari Vaskes o‘rniga Beylni tushirish bilangina cheklandi. Shuningdek, kubok o‘yinlarida maydonga tushiriladigan Navas o‘rnini chempionat o‘yinida Tibo Kurtua egalladi. Valverde esa ko‘proq o‘zgarish qildi va klassik sxemaga qaytdi: 4-3-3. Serji Roberto himoyada o‘tgan o‘yinda Vinisiusga qarshi hech narsa qila olmagan Samedu o‘rnini egalladi, maydon markazi Artur hisobiga kuchaytirildi.
Messining omadsizligi va Rakitichning goli
Lekin o‘yin boshidayoq kataloniyaliklarning yarimhimoyasi xatoga yo‘l qo‘ydi va xatoni to‘g‘rilash uchun Buskets Kroosni yiqitishga majbur bo‘ldi, bu esa tarixiy ogohlantirishga olib keldi. O‘yin hakami Undiano Malenko klasikolarda o‘zining 13-sariq kartochkasini ko‘rsatdi. Belgilangan jarima zarbasini esa Beyl ko‘ngildagidek ijro etolmadi.
Kubok o‘yini bilan taqqoslanganda bu o‘yin nisbatan ochiq kechdi. Kroos uzoq masofadan zarbalar berib, vatandoshi ter Shtegenni sinab turdi, Langle o‘zini ayamasdan o‘tgan o‘yindagi avtogoli uchun o‘zini oqlamoqchi bo‘lgan Varanning hujumini to‘xtatib qoldi, Messi esa Kurtua bilan yakkama-yakka chiqib gol urolmadi.
Messi goes close...#ElClasico pic.twitter.com/C6iUEAlTDM
— LaLiga (@LaLigaEN) 2 marta 2019 g.
E'tiborlisi, bu argentinalik futbolchining joriy mavsumda «Real» darvozasi tomon bergan ilk zarbasi bo‘ldi. Birinchi davradagi o‘yinda u jarohat tufayli ishtirok etolmagan, kubok o‘yinlarida esa nursiz o‘yin ko‘rsatgandi. Uning hujumi gol bilan yakunlanmagan bo‘lsada, raqibning kuchsiz tomonini ko‘rsatib berdi. Bir necha daqiqa o‘tib kataloniyaliklar yana o‘ng qanotdan hujum uyushtirishdi, Serji Roberto Rakitichni oldinga tashladi, to‘p uchun kurashda Serxio Ramosni ortda qoldirgan xorvatiyalik futbolchi hisobni ochdi. Bu gol Rakitichning «Real» darvozasiga urgan to‘rtinchi goli bo‘ldi: «Sevilya» va «Barselona» safida ikkitadan. Kataloniyaliklar esa qatorasiga 23-klasikoda madridliklar darvozasini ishg‘ol etib, o‘z natijasini yaxshiladi.
Keyingi ikki klasikoda voqealar rivoji bir-biriga o‘xshash bo‘ldi. Ikki o‘yinda ham madridliklar bor kuch bilan oldinga tashlanishdi, ammo ko‘k-anorranglilar mudofaasini yorib o‘tolmadi. Kataloniyaliklar esa ikki o‘yinda ham natija uchun o‘ynadi va maqsadga erishdi. Mehmonlar birinchi bo‘lim oxirida yana bir qarshi hujumdan unumli foydalanishi mumkin edi, Suares Varanni dog‘da qoldirib, uni mashg‘ulot manekeniga aylantirdi, ammo Kurtua jamoani goldan saqlab qoldi, Messi esa qaytgan to‘pga ulgurolmadi.
Birinchi bo‘limdagi yodda qolarli yana bir vaziyat Messi va Serxio Ramos ishtirokida kuzatildi.
Ramos & Messi love story continues..🤭
— The Sporssecond (@TheSporssecond) 2 marta 2019 g.
pic.twitter.com/AHpfiwrVPk
To‘p uchun kurash vaqtida Ramos Messining yuziga urib yubordi, Messi esa unga tashlandi, hakam ularni ajratib qo‘ydi. Kataloniyaliklar Ramos bu ishni qasddan qilganini aytib, hakamga shikoyat qilishdi, ammo Malenko kartochkasini cho‘ntakdan chiqarishga shoshilmadi.
Ojiz Solari

«Barselona» himoyaviy o‘yinda namuna ko‘rsatdi. Birinchi o‘yinda kataloniyaliklar 3:0 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lishsada, Vinisiusga gol urish uchun bir necha marta vaziyatlar taqdim etishgandi. Ikkinchi o‘yinda esa braziliyalik futbolchi faqat bir marta golli imkoniyatga ega bo‘ldi - jarima maydonida o‘ziga ko‘p ishonib yuborgan Rakitichning xatosidan keyin zarba berildi, Vinisius Pikeni chalg‘itib gazonga qulatdi, ammo to‘p yo‘liga har yerda hoziru nozir Langle chiqib keldi.
Pique defending against Vinicius is just meaningless pic.twitter.com/F53lyt4vNw
— 🇸urafel🇪🇹 (@Sarriballfc) 2 marta 2019 g.
Vinisiusning imkoniyatlari cheklab qo‘yilgan bo‘lsada, u bu safar ham raqib darvozasi tomon 6 bor zarba berdi (6 marta kroos pas uzatdi, 3 marta zarba berish uchun pas uzatdi).
Birinchi bo‘limning 25-daqiqasiga keliboq «Real» zarba berish bo‘yicha 5:1 hisobida oldinda edi.
O‘yin statistikasi maydon egalari ustunligini ko‘rsatmoqda - 17:10. To‘pga egalik qilish bo‘yicha tenglik - 49 foizga 51. Burchak zarbalari bo‘yicha: 8:6, yaratilgan vaziyatlar bo‘yicha 12:7. Maydon egalari yuqori qavatda to‘p uchun kurashlarda ko‘proq ustun kelishgan: 12:8.
Ikkinchi bo‘limda Solari Beyl va Kroosni maydondan oldi, madridlik muxlislar uelslik futbolchini hushtakbozliklar bilan kuzatib qo‘yishdi. U klasikolarda mag‘lub bo‘lish bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etmoqda, aniqrog‘i o‘zi o‘ynagan klasikolarning barchasida - 6 o‘yinda mag‘lub bo‘lgan. Ammo u ketgani bilan o‘yin yaxshilanib qolmadi, Valverde va Asensio o‘yinga o‘zgartirish kirita olmadi. O‘yin yakuniga 20 daqiqacha vaqt qolganida esa Isko tushirildi. Solari uni o‘z klubida ko‘rishni istamaydi (u bir oydan buyon endi ilk marta maydonga tushdi), uni faqat majburlikdan jangga tashladi. Bu esa Solarida g‘oya yo‘qligini ko‘rsatadi. Xulen Lopetegi o‘tgan yilning oktyabrida «Barsa»ga qarshi 1:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin «Real» bosh murabbiyligidan haydalgandi. Solari esa «Barsa»ga qarshi ikki o‘yinda 0:4 hisobini qayd etdi. Peshqadam bilan oradagi farq 12taga yetdi, «Barselona» 1932 yildan buyon ilk marta klasikodagi g‘alabalar soni bo‘yicha oldinga chiqib oldi: 96:95. Jamoalar o‘zaro o‘yinlarda jami 51 bor durang o‘ynagan.
Mavzuga oid
12:33 / 26.04.2026
«Barsa»ga bir qadam qoldi, «Siti» yana bir finalda. Kun o‘yinlari
12:21 / 23.04.2026
«Siti» birinchi o‘ringa chiqib oldi, Yamalda jiddiy jarohat
20:47 / 22.04.2026
«Barselona» sobiq hujumchisi Neymar firibgarlik ishi bo‘yicha oqlandi
02:10 / 15.04.2026