Çempionlar ligasi. 1/4 final
«Atletiko» – «Barselona» 1:2
Gollar: Yamal, 4 (0:1). Torres, 24 (0:2). Lukman, 31 (1:2)
«Atletiko»: Musso, Molina, Le Norman, Langle, Rudjyeri, Simeone (Gonsales, 66), Liorente, Koke (Kordoza, 89), Lukman (Baena, 66), Grizmann (Syorlot, 76), Alvares
«Barselona»: Garsiya, Kunde, Garsiya, Martin, Kanselu (Arauxo, 89), Gavi (de Yong, 81), Pedri, Yamal, Olmo (Barji, 89), Fermin (Reşford, 68), Torres (Levandovski, 68)
Ogohlantiriş: Gavi, 69.
Çetlatiş: E. Garsiya, 79.
Birinçi uçraşuv: 2:0
«Barselona» Çempionlar ligasini tark etdi. Hans-Diter Flik jamoasi «Atletiko»ga qarşi javob bahsida birinçi öyindagi ikki töp farqini yöqqa çiqara oldi, ammo tölaqonli kambek röy bermadi. Madridliklar kerakli pallada öz golini urişdi va boş sovrin uçun kuraşda qoladigan böldi.
«Barsa» ilk daqiqalardan remontada uçun harakatni boşladi va öyinning 33-soniyasidayoq hisobni oçişi mumkin edi. Yamal markazdan ajoyib yurişni amalga oşirdi va qulay pozitsiyadan zarba berdi. Ammo Musso Oblakning örnini bejiz tortib olmaganini yana bir bor namoyiş etib, qoyilmaqom seyv amalga oşirdi. Lekin tört daqiqa ötib Lamin baribir öz maqsadiga erişdi. «Barsa»ning sobiq himoyaçisi Kleman Langle Yamalning pressingiga doş berolmadi va töpni raqibga oldirib qöydi. Torres vingerni Musso bilan yakkama-yakka vaziyatga çiqardi va Lamin bu safar töpni darvozabonning oyoqlari orasidan ötkazdi.

Öz vaqtida Yevropaning eng işonçli himoyasiga ega jamoasi sifatida ta’riflangan «matrasçilar» orqa çiziqda xatoga yöl qöyişda davom etişdi. Doimiy ravişda kimdir sustkaşlik qilar, pozitsiyani yöqotar va raqib uçun böşliqlar qoldirardi. Musso Olmo bilan yakkama-yakka vaziyatda yana bir bor qutqarişiga töğri keldi, ammo 24-daqiqada mehmonlar baribir ikkinçi golni urişdi. Olmo töpni himoyaçilar ortiga oçilgan Torresga taşlab berdi, öyinni juda böş ötkazgan Langle bu safar ham pas yölini tösa olmadi va forvard epizodni osonlik bilan hal qildi – 2:0.
Mezbonlar öyindagi ilk golli vaziyatni bölim örtalariga kelib yaratişdi. Lukman darvozabon hududiga pas uzatdi, Grizmann zarba berdi, ammo Martin töp yölini tösib qoldi.














