O‘zbekiston | 15:41 / 01.02.2026
9997
2 daqiqa o‘qiladi

Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Gurjistondan ekstraditsiya qilindi

Nomusga tegish jinoyati bo‘yicha Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs Gurjistondan ekstraditsiya qilindi. Bu ikki oy ichida O‘zbekiston fuqarolarining ushbu mamlakatdan qilingan uchinchi ekstraditsiyasi bo‘ldi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Interpol kanallari orqali qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga ekstraditsiya qilindi, deb xabar bermoqda Ichki ishlar vazirligi.

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining 118-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan nomusga tegish jinoyatini sodir etgan (bu jinoyat uchun qonunchilikda 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan). Qidiruvdagi shaxs Gurjiston hududida bo‘lgan va xalqaro qidiruv doirasida qo‘lga olingan.

Ushbu ekstraditsiya so‘nggi ikki oy ichida Gurjiston tomonidan qidiruvdagi O‘zbekiston fuqarolarining uchinchi bor topshirilishi bo‘lib, bu huquqni muhofaza qilish organlarining ikki tomonlama hamkorligi yuqori samaradorligidan dalolat beradi, deyiladi xabarda.

Ekstraditsiya qilingan shaxs O‘zbekistonga olib kelinib, keyingi protsessual harakatlarni amalga oshirish va amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillariga topshirilgan.

O‘tgan yil dekabr oyi oxirida ham Gurjiston hukumati yirik miqdordagi firibgarlik va odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan ikki nafar fuqaroni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid