Rossiya hokimiyati öz tanqidçilarini çet elda ham ta’qib qilişga urinayotgani, buning uçun Rossiyaning Xalqaro jinoyat politsiyasi taşkiloti (Interpol)dagi a’zoligidan suiiste’mol qilayotgani haqida BBC 26 yanvar, duşanba kuni jurnalistik suriştiruvga tayanib xabar qildi.
BBC yozişiça, Moskva siyosiy raqiblar, biznesmenlar va jurnalistlarni göyoki sodir etilgan jinoyatlar uçun hibsga oliş böyiça sörovlarni Interpol qidiruvdagi şaxslar röyxatlari orqali yuborgan. Bu xulosalar Interpoldan çiqqan ma’lumot beruvçi (informator) tomonidan BBC va Fransiyadagi Disclose suriştiruv loyihasiga taqdim etilgan bir neça ming faylga asoslangan.
Jurnalistlar ta’kidlaşiça, sönggi 10 yilda Rossiyaning Interpolga yöllagan sörovlariga nisbatan rekord darajada köp şikoyatlar kelib tuşgan. Interpolning fayllarini nazorat qiliş komissiyasi (CCF) — taşkilot içidagi mustaqil nazorat organiga Rossiya tomonidan qidiruvga berilgan kamida 700 kişi murojaat qilgan, ularning kamida 400 nafari Interpol röyxatlaridan çiqarilişga erişgan.
Şu bilan birga, Rossiyaga nisbatan e’tirozlar bu röyxatda ikkinçi örinda turgan Turkiyaga nisbatan şikoyatlardan uç baravar köp bölgan. Moskva sörovlariga doir şikoyatlar natijasida bekor qilingan qarorlar soni boşqa istalgan davlatnikidan ham köproq ekani qayd etilgan.
“Tarixan Rossiya qizil ogohlantirişlardan (red notices) suiiste’mol qilişda asosiy aybdorlardan biri bölib kelgan”, — dedi BBC'ga intervyuda britaniyalik advokat Ben Kit. U Rossiya hokimiyati tomonidan qidiruvga doir sörovlarga qarşi şikoyat qilgan şaxslar manfaatini himoya qilgan. Kit “Rossiyaning qizil ogohlantirişlari”ga tuşib qolgan mijozlar “uzluksiz oqim” bölib kelayotganini, ularning bir qismi siyosiy aloqador şaxslar, yoki köpinça Ukraina tarafdorlari, yoxud korporativ “reyderlik” qurbonlari ekanini aytgan.
RFning Ukrainaga qarşi keng kölamli uruşi boşlanganidan keyin Interpol Rossiya hokimiyati öz kanallaridan fuqarolarni ta’qib qiliş maqsadida ehtimoliy suiiste’mol qilişining oldini oliş uçun qöşimça tekşiruvlar joriy etgan. Biroq bu ham Rossiyaning taşkilotdan öz maqsadlarida foydalanişiga tösqinlik qilmagan. Şu bilan birga, BBC suhbatdoşi 2025 yilda qabul qilingan ayrim çoralar “jimgina bekor qilingani”ni aytgan.
U jurnalistlarga Interpol axborot almaşiş tizimi orqali yuborilgan minglab xabarlarni ham taqdim etgan. Ular Rossiyaning çet eldagi odamlarni kuzatiş (aniqlaş) uçun qöşimça bir usuldan foydalanganini körsatadi.
Xabarlardan birida Rossiya hokimiyati Birlaşgan Arab Amirliklaridan bir şaxsning qayerda ekanini aniqlaşga yordam söragan — garçi Interpol avvalroq Rossiyaning şu şaxs böyiça sörovini rad etgan bölsa ham. BBC qayd etişiça, bu Interpol tavsiyalariga zid: ularga köra, taşkilot a’zolari uning kanallaridan bunday tarzda foydalanmasligi kerak.












