O‘zbekiston | 10:08 / 16.02.2018
53206
1 daqiqa o‘qiladi

1 maydan boshlab kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlar bazasi ishga tushadi

1 maydan boshlab O‘zbekistonda energetika resurslari, suv ta'minoti va kanalizatsiya xizmatlari, shuningdek, ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlarning umumiy ma'lumotlar bazasi joriy etiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Prokuratura organlarining qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlashdagi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida aytiladi.

Hujjat bilan o‘rnatilishicha, qarzdorlar ma'lumotlar bazasiga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslar yirik bitimlar tuzish va moliyaviy-kredit xizmatlari, xalqaro transport xizmatlari va davlat xizmatlarining ayrim turlarini olish huquqi yo‘q.

Byuro har oyda iste'molchilarga yetkazib berilgan energoresurslar uchun qarzdorlikni iste'molchilar ma'lumotlari plastik kartalariga xizmat ko‘rsatadigan bank hisob raqamlaridan EKIHning ikki barobaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda undirib olish huquqiga ega bo‘ldi.
 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid