Barak Obamaning qizi ishga kirdi

AQSh prezidenti Barak Obamaning qizlaridan biri o‘ziga ish topdi. Hello nashrining yozishicha 15 yoshli Sasha yozgi ta'tildan foydalanib Massachusets shtatidagi Martas-Vin'yard orolida joylashgan Nancy's restoranida ishlay boshlagan.
Bu restoranda u ofitsiant sifatida mijozlarga xizmat qilmoqda. Ya'ni, u stollardan idishlarni yig‘ishtirib olish va buyurtmalar qabul qilish bilan shug‘ullanadi.
Sashaning xavfsizligini ta'minlash uchun maxfiy xizmat xodimlari qo‘riqchi sifatida biriktirilgan, lekin Obamaning qizi o‘zini mutlaqo erkin his qilishi ta'minlangan. Ular restoran yaqinidagi mashinada navbatchilik qiladi.
Boston Herald nashrining yozishicha, Sasha (uni oilasida shunday atashadi, to‘liq ismi Natasha) Obama o‘z ish joyiga 6 kishi hamrohligida kelgan.
"U birinchi qavatda, oziq-ovqatlar sotiladigan bo‘limda ishlayapti. Biz avvaliga unga nega 6 kishi yordam berayotganini tushunmagandik, lekin keyinroq uning kimligini bildik", - degan Sashaning hamkasblaridan biri.
Oq uydagilar hozircha bu xabarga munosabat bildirmagan. Lekin Sashaning onasi Mishel Obama biroz oldinroq o‘z qizlarini oddiy fuqarolar qatori tarbiyalashni istashi haqida aytib o‘tgandi.
Nancy's restorani baliqli taomlari bilan mashhur. Obamalar oilasi Martas-Vin'yardga yozgi ta'tilni o‘tkazish uchun kelganida bu restoranga ko‘p marta tashrif buyurgan.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
-
Chegara mojarosiga nuqta, Wizz air'dan norozi turkman va Dushanbeda sovet askari stellasi – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 11:43
Mavzuga oid

11:00
Trampning ehtiyotsizligi AQSh fond bozorini qulatdi - AQShda krizis xavfi bormi?

08:37
AQShga kuchli tornado yopirildi, o‘nlab qurbonlar bor

07:48
AQSh Tramp buyrug‘idan keyin Yamandagi husiychilarga aviazarbalar bermoqda

22:27 / 15.03.2025