Sport | 16:40 / 27.01.2019
8083
3 daqiqa o‘qiladi

Morata Madridga qaytdi. Uning «Atletiko»dagi ilk intervyusi

«Chelsi» hujumchisi Alvaro Morata «Atletiko»ga o‘tayotgani munosabati bilan fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ispaniyalik futbolchi 27 yanvarga o‘tar kechasi Madridga uchib keldi va «Atletiko» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi arafasida intervyu berdi.

Transfer haqida

«Men juda baxtiyorman, faoliyatimning yangi bosqichini boshlamoqdaman. Men bu kunni ko‘p kutdim. 

Men hali tibbiy tekshiruvlardan o‘tishim kerak.

Yangi jamoadoshlarim bilan ilk mashg‘ulotni sabrsizlik bilan kutmoqdaman».

«Real»dagi faoliyati haqida 

«Hamisha yonimda bo‘lgan odamlar men hozir nimalarni his qilishim va ertaga nimalarni his qilishimni yaxshi tushunishadi. Ular men keyingi kunlarni qanday o‘tkazganimga guvoh. Men baxtiyorman.

Har kimning o‘z fikri bo‘ladi va bu normal holat, men bunday vaziyatda nima qilishim kerakligini bilaman.

Men faoliyatimni «Atletiko»da boshlaganman, ko‘pchilik bu nimani anglatishini yaxshi tushunadi.

O‘tmish – o‘tdi, biz uni ortga qaytara olmaymiz.

Men o‘zim qilgan ishlardan faxrlanaman, umid qilamanki, ertaga barchasi yaxshi bo‘ladi», – degan Morata. 

U 27 yanvar kuni kunduzi tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

«Xudoga shukr, barchasi yaxshi», – degan Morata tibbiy ko‘rikdan keyin.

Qayd etish kerakki, Morata «Atletiko» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo u «matraschilar»ning yoshlar jamoasida faqat ikki yil o‘ynagan, keyinroq Madridning boshqa bir klubi «Real» safiga o‘tib ketgandi.

Ayni vaqtda 26 yoshda bo‘lgan Morata «Chelsi»ga 2017 yilning yozida «Real»dan kelib qo‘shilgandi. Uning transferi o‘shanda londonliklarga 66 mln yevroga tushgandi. U Angliya chempionatining joriy mavsumida 16 o‘yinda maydonga tushdi. Forvardning ingliz klubi bilan shartnomasi muddati 2022 yilga qadar tuzilgan. Ammo jamoaga Gonsalo Iguain kelishi tufayli u asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishi ma'lum bo‘ldi.

«Atletiko» esa Moratani 18 oy muddatga 7,5 mln yevro evaziga ijaraga olmoqda. Madridliklar keyinroq uni 40-45 mln yevro evaziga to‘la sotib olishlari ham mumkin.

Mavzuga oid