Sport | 20:09 / 24.07.2024
22229
3 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Olimpiadadagi debyut o‘yinida Ispaniyaga mag‘lub bo‘ldi

Shomurodov tarixiy gol muallifiga aylandi.

Foto: Getty Images

Parij-2024 Olimpiadasi 1-turi doirasidagi dastlabki o‘yinda turnir debyutanti O‘zbekiston amaldagi kumush medali sohibi Ispaniyaga qarshi maydonga tushdi.

Parijdagi «Park de Prens» stadionida o‘tgan bahsning dastlabki daqiqalaridan boshlab Temur Kapadze shogirdlari nomdor raqibga qarshi munosib qarshilik ko‘rsatgan va o‘yin bo‘yicha ustun ham kelayotgan bir paytda ispanlar dastlabki vaziyatini golga aylantirdi – 1:0. Mark Pubil o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Uchrashuvning 45+3-daqiqasida esa Hamraliyevga ishlatilgan qo‘pollikdan keyin VAR tekshiruvi natijasida belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Shomurodov golga aylantirdi – 1:1. Shu tariqa, Eldor – O‘zbekistonning Olimpiadalar tarixidagi ilk goli muallifiga aylandi.

Ikkinchi bo‘limning 60-daqiqasida Fayzullayevning qo‘polligidan so‘ng belgilangan 11 metrlik jarima zarbasini Serxio Gomes amalga oshirdi, Abduvohid Ne’matov esa zarbani qaytarishga muyassar bo‘ldi. 

Ammo ko‘p o‘tmay, Gomes baribir niyatiga yetdi va ispanlarni yana hisobda oldinga olib chiqdi – 2:1.

Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarigacha vakillarimiz hisobni tenglashtirish uchun qator vaziyatlarga ega bo‘lishdi, ammo Ispaniya turnir tarixida ilk uchrashuvini o‘tkazgan O‘zbekistonga qarshi bahsda g‘alabani saqlab qolishga erishdi.

Temur Kapadze shogirdlari 2-tur doirasida 27 iyul kuni Misrga qarshi maydonga tushadi. Bahs Nant shahrida bo‘lib o‘tadi.

Parij-2024 Olimpiadasi. «S» guruhi. 1-tur
24 iyul (chorshanba)
O‘zbekiston – Ispaniya – 1:2

Bosh hakam: Dahane Beyda (Mavritaniya)
Gollar: Eldor Shomurodov 45+3, penaltidan – Mark Pubil 28, Serxio Gomes 62.
Foydalanilmagan penalti: Serxio Gomes, 60 (darvozabon)
O‘zbekiston: 1.Abduvohid Ne’matov, 5.Muhammadqodir Hamraliyev, 4.Husniddin Aliqulov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Ibrohimxalil Yo‘ldoshev, 18.Abdurauf Bo‘riyev (8.Ruslanbek Jiyanov,  67), 15.Umarali Rahmonaliyev, 10.Jasur Jaloliddinov (17.Diyor Xolmatov, 67), 11.Oston O‘runov (9.Husayn Norchayev, 60), 14.Eldor Shomurodov (19.Ibrohim Ibragimov, 80) 7.Abbosbek Fayzullayev.
Ispaniya: 1.Arnau Tenas, 2.Mark Pubil, 4.Erik Garsiya, 5.Pau Kubarsi (12.Pacheko, 46), 3.Xuan Miranda, 6.Pablo Barrios, 10.Aleks Baena, 11.Fermin Lopes (16.Adrian Bernabe, 76), 14.Aymar Oros (7.Diyego Lopes, 77), 17.Serxio Gomes, 9.Abel Ruis (18.Samu Omorodion, 86).
Ogohlantirishlar: Pau Kubarsi 7, Mark Pubil 37, Adrian Bernabe 80 – Jasur Jaloliddinov 36, Abdurauf Bo‘riyev 61, Diyor Xolmatov 68.

Mavzuga oid