Milliy olimpiya qömitasi amaldori Parij olimpiadasi yana 4 ta sport turidan kelajakda medal qölga kiritiş imkoni borligini körsatganini ta’kidladi. “Boks olimpiada öyinlaridan çiqarilsa, bu bizning reyting darajamizga ta’sir etişi aniq”, — dedi Oybek Qosimov özbekistonlik sportçilarning Parij-2024 olimpiadasidagi iştirokiga bağişlangan matbuot anjumanida.
Sport vazirligi va Milliy olimpiya qömitasi rahbariyati iştirokida Özbekiston delegatsiyasining Parij-2024 olimpiadasidagi iştirokiga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi. Unda Kun.uz muxbiri mutasaddilarga qator savollar bilan murojaat qildi.
Boks 2028 yilgi olimpiadadan örin olmasa, qaysi sport turlarida oltin medallar uçun da’vogarlik qila olamiz?
Oybek Qosimov: Xalqaro olimpiya qömitasining boks turini olimpiada öyinlaridan olib taşlaş böyiça yakuniy qarori hali qabul qilinmagan. 2025 yil yoz oylarigaça xalqaro sport taşkiloti qömitaga murojaat qilsa va belgilangan mezonga mos tuşuvçi taşkilot tomonidan işonç bildiradigan bölsa, boks turini olimpiada öyinlarida olib qolişlari mumkin. Amerikada boks ança rivojlangan va xalqaro qömita olimpiadadagi bu turni saqlab qoladi. Çunki boks olimpiadaning eng jozibador sport turlaridan biri hisoblanadi.
Biz aksariyat hollarda yakkakuraş bilan çeklanib qolyapmiz bu esa köp tanqidlarga sabab bölmoqda. Hatto davlatimiz rahbari ham buni köp marta ta’kidlamoqdalar. Jamoaviy öyinlarni rivojlantirişga e’tiborimizni qaratişimiz kerak. Yengil atletika, suziş, velosport, öq otiş sport turlari potensialidan töliq foydalanilmayapti. Yengil atletikaning nayza uloqtiriş turi bilan ham bizning mamlakatda şuğullaniş uçun imkoniyat mavjud. Biz hamkasblar bilan maslahatlaşgan holda yuqoridagi sport turlari qaysi mamlakatda yaxşi rivojlangan bölsa, öşa yerdan amaliy yöl-yöriq körsatuvçi mutaxassislarni jalb qilişni maqsad qilganmiz. Boks, oğir atletika, dzyudo singari sport turlarining mamlakatimizda yaxşi rivojlanayotganligining sababi ham bu sport turlari tizimli tayyorgarliklar asosida yölga qöyilayotganligidir. Biz eşkak eşiş, velosport, yengil atletika singari turlarni ham şunday yölga qöya olsak, bu sohada ham olimpiya medallarini qölga kirita olamiz. Sport geografiyasini kengaytirişimiz zarur, çunki boks olimpiada öyinlaridan çiqarilsa, bu bizning reyting darajamizga ta’sir etişi aniq. Yaqinda Parijdagi olimpiadada biz 4 turdagi yangi sport turini medal olib kela olişi mumkinligini angladik. Bular: ayollar kuraşi, futbol va kamondan öq otiş kabilar. Kelgusi olimpiadada bu sport turlarini rivojlantirib, sportimiz geografiyasini kengaytiriş niyatidamiz.










