Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklardan 29 fevralgacha mamlakatdan chiqib ketish so‘raldi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga ko‘ra, Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foto: AP
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni 29 fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishga chaqirdi.
Agentlikka ko‘ra, Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2024 yil 29 fevralgacha ushbu davlatdan chiqib ketishi mumkin. Buning uchun chiqib ketishdan 3 ish kuni oldin Immigratsiya xizmatiga borib, ketish to‘g‘risida ixtiyoriy ariza to‘ldirish, pasport va aviachipta taqdim etish zarur.
Immigratsiya xizmati beradigan tasdiqnoma bilan vatanga muammosiz qaytib kelishi mumkin.
Immigratsiya xizmati ma’lum qilishicha, noqonuniy bo‘lib turgan fuqaro ushbu imkoniyatdan foydalanib, o‘z xohishi bilan chiqib ketsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida Janubiy Koreyaga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreya migratsiya qonunlarini buzmaslikka va nolegal holatga o‘tmaslikka chaqirgan.
Mavzuga oid
18:43 / 14.05.2026
Rossiyada migrantlarni chiqarib yuborish bo‘yicha yangi qoidalar ma’qullandi
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
21:09 / 13.05.2026
Rossiyadagi fabrikada o‘zbekistonlik va bangladeshlik ishchilar mushtlashdi
10:03 / 13.05.2026