Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyadan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
Shvetsiya migratsiya qonunchiligini buzgani uchun deportatsiya qilingan 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi charter reysi orqali Toshkent xalqaro aeroportiga olib kelindi. Fuqarolarning vatanga qaytarilishi O‘zbekiston va Shvetsiya vakolatli idoralari o‘rtasidagi muvofiqlashtirilgan hamkorlik natijasida amalga oshirildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, deportatsiya jarayoni doirasida fuqarolarni identifikatsiya qilish, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish hamda xavfsiz tashish bilan bog‘liq barcha tashkiliy va huquqiy masalalar qisqa muddatda hal qilingan. Charter reysi orqali yurtga qaytarilgan fuqarolar Toshkentda tegishli tartibda kutib olindi.
Mutasaddilarning bildirishicha, mazkur jarayon ikki davlat o‘rtasida migratsiya sohasidagi amaliy hamkorlikning bir qismi hisoblanadi. O‘zbekiston tomoni xorijda bo‘lib turgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, noqonuniy migratsiya va migratsiya qonunchiligi buzilishining oldini olish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan hamkorlikni izchil davom ettirmoqda.
So‘nggi yillarda Yevropa davlatlarida migratsiya qoidalarini kuchaytirish va noqonuniy yashash holatlariga qarshi choralar keskinlashtirilgani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan xorijda mehnat faoliyati yoki boshqa maqsadlarda bo‘lib turgan fuqarolarga qabul qiluvchi davlat qonunlariga qat’iy rioya qilish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:40 / 27.06.2026