Jahon | 15:58 / 02.01.2021
8280
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yangi yilga o‘tar kechasi an'anaga ko‘ra yuzlab avtomobillarga o‘t qo‘yildi

Bir yil avval 1457 dona avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy rekord hisoblanadi.

Foto: AFP

Yangi yil tunida butun Fransiya bo‘yicha 861 dona avtomobilga o‘t qo‘yildi. Bu haqda politsiya ma'lumotlariga tayanib Europe 1 radiostansiyasi xabar berdi.

 Bir yil avval 1457 dona avtomobilga o‘t qo‘yilgan bo‘lib, bu tarixiy rekord hisoblanadi. Bu yil huquqni muhofaza qilish organlari prefektlar kesimida o‘t qo‘yilgan avtomobillar sonini e'lon qilmadi.

 Mamlakat ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen guruhlar o‘rtasida avtomobilga o‘t qo‘yish bo‘yicha musobaqalashishga yo‘l qo‘ymaslik uchun prefektlardan ma'lumotlarni e'lon qilmaslikni talab qildi. 

 Fransiyada ko‘p yillardan buyon 1 yanvarga o‘tar kechasi avtomobillarga o‘t qo‘yish an'anaga aylangan bo‘lib, hukumat bunga qarshi hech narsa qila olmayapti.

 1 yanvardan Fransiyaning 15ta departamentida cheklovlar kuchaytirildi. Endilikda komendantlik soati 20:00dan emas, balki 18:00dan boshlanadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров

Mavzuga oid