Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mudofaa tizimi, qiruvchilar va raketalar: Kiyev–Parij hamkorligi kuchayadi
Ukraina va Fransiya qo‘shma mudofaa ishlab chiqarishi bo‘yicha hujjat imzoladi. Bu haqda dushanba, 9 fevral kuni Ukraina mudofaa vaziri Mixail Fedorov ma’lum qildi.
Ukraina vazirining aytishicha, ushbu hujjat Ukraina va Fransiyaning mudofaa-sanoat majmuasi sohasida keng ko‘lamli qo‘shma loyihalarga yo‘l ochadi. “Yetkazib berishdan qo‘shma ishlab chiqarish va mudofaamizni tizimli ravishda kuchaytiradigan uzoq muddatli yechimlarga o‘tyapmiz”, — degan Fedorov Fransiya mudofaa vaziri Katrin Votren bilan uchrashuvdan keyin.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida aviatsion qurol-yarog‘, havo mudofaasi tizimlari, uzoq masofali zarba berish vositalari hamda radioelektron kurashning innovatsion tizimlarini ishlab chiqish belgilangan. Jumladan, fransuz tomoni Ukrainaga Mirage 2000 samolyotlarini topshirishga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan.
Fedorov va Votren, shuningdek, qiruvchi samolyotlar yetkazib berishni tezlashtirish va AASM Hammer boshqariladigan aviatsion bombalarini rekord hajmda ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma ish olib borish masalalarini muhokama qilgan.
Ukraina mudofaa vaziri bayonotida Ukraina kelgusida ham SAMP/T, Mistral va Crotale tizimlari, shuningdek, ular uchun o‘q-dorilarni olishdan manfaatdor ekanini ta’kidlagan. Bundan tashqari, Ukraina va Fransiya qo‘shma mudofaa-sanoat loyihalarini Yevropa Ittifoqining kreditlari va SAFE dasturi hisobidan moliyalashtirishni ham muhokama qilgan.
Mavzuga oid
10:50
Kiyev yana raketa hujumiga uchradi
09:55
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
23:00 / 13.07.2026
«Qo‘limga qurol olgandan ko‘ra, o‘rmonda o‘lishga tayyor edim» - 14 kunlik xavfli yo‘l
21:57 / 13.07.2026