AFP agentligi juma kuni, 13 fevralda xabar berişiça, Yevropaning janubi-ğarbida kuzatilgan “Nils” dovuli natijasida kamida uç kişi halok bölgan.
Fransiyaning janubi-ğarbida bir kişi böron paytida öz boğida zinadan kötarilayotganda halok bölganini juma kuni TF1 radiosi efirida hukumat matbuot kotibi Mod Brejon ma’lum qildi. Ispaniyada esa 46 yoşli ayol omborxona tomi qulaşi oqibatida vafot etgan. Bundan bir kun oldin Fransiyada yuk maşinasi haydovçisi daraxt şoxi avtomobilning old oynasini sindirib yuborganidan keyin halok bölgan.
Fransiya va Ispaniyada dovuli tufayli yana beş kişi oğir jarohat olgan. Önlab odam yengil tan jarohatlari olgan. Juma tongiga kelib Fransiyaning janubida taxminan 450 ming xonadon elektr ta’minotisiz qolgan — bu bir kun oldingiga nisbatan ikki barobar kam. Bir neçta hududlarda suv toşqinlari davom etmoqda, Fransuz Alplarida esa köçki tuşiş xavfi mavjud. Fransiya janubidagi Set port şahrida 550 tonnali kran qulagan va yuk kemasi ustiga tuşgan.
Fransiya meteorologiya xizmati Météo-France ma’lumotiga köra, ob-havo xavfi puştirang yoki qizil darajada deb baholangan huşyorlik rejimi 25 ta departament uçun hali ham amal qilmoqda. Xizmatga köra, dovuli Fransiyaning ğarbiy sohillariga çorşanba keçasidan payşanbaga ötar paytda kirib kelgan, hozir esa şarq tomon — Yevropa içiga qarab harakatlanmoqda.

















