Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oydagi birinchi bazaga yadroviy energiya: Lockheed Martin loyihasi
Lockheed Martin Oyda insonning uzoq muddatli ishtirokini va sanoat faoliyatini ta’minlashda asosiy element sifatida yadroviy energetik o‘rnatma tizimi (Fission Surface Power, FSP)ni ishlab chiqishga katta e’tibor qaratmoqda.
Foto: Lockheed Martin
Amerika kompaniyasi moslashuvchan va masshtablanadigan arxitektura tarafdori. Oyni o‘zlashtirishning dastlabki bosqichlarida quvvati 5–10 kilovatt bo‘lgan kompakt o‘rnatmalardan boshlash orqali xatarlarni kamaytirish, keyin esa bosqichma-bosqich 25–50 kilovatt tizimlarga va istiqbolda 100 kilovattgacha bo‘lgan reaktorlarga o‘tish mumkin. Bunday quvvat esa keng tarmoqli tijoriy va sanoat infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlashga qodir bo‘ladi.
Kompaniya NASA va AQSh Energetika vazirligi bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalda ro‘yobga chiqarish niyatida.
«Bizning umumiy arxitekturamiz moslashuvchan va turli xil yuklamalarning keng diapazoniga moslasha oladi. Ammo Oy va Marsda ishlaydigan 100 kilovattli reaktor yaratish — bu shunchaki kichikroq konstruksiyani kattalashtirish emas», — dedi Lockheed Martin’ning yadroviy kosmik dasturlari bo‘yicha biznes-strategiya rahbari Kerri Timmons.
Agar insoniyat Oyda vaqtinchalik lager emas, balki doimiy, jadal rivojlanuvchi iqtisodiyot barpo etishni ko‘zlasa, quyoshga bog‘liq bo‘lmagan energiya manbai zarur.
Oy muhiti o‘ta og‘ir: bu yerda tunlar ikki hafta davom etadi, resurslarga boy hududlar esa abadiy soyada joylashgan bo‘lishi mumkin. An’anaviy energiya manbalari doimiy baza hayot faoliyatini to‘liq ta’minlay olmaydi.
Yadroviy reaktorlar quyosh yorug‘ligiga bog‘liq bo‘lmagan, ishonchli va uzluksiz elektr ta’minotini beradi. Ular turar joy modullari, lunoxodlar hamda mahalliy resurslarni qazib olish va qayta ishlash uskunalarini — masalan, kislorod va raketa yoqilg‘isi ishlab chiqarish uchun energiya bilan ta’minlashi mumkin.

Oq uyning yaqindagi farmonidan keyin bunday texnologiyalarni rivojlantirish milliy ustuvor vazifaga aylandi. Lockheed Martin allaqachon NASA va Energetika vazirligi bilan birinchi faza shartnomalari bo‘yicha ish olib bormoqda va tizimni 2030 yilga qadar uchirishga tayyorlashni maqsad qilgan.
FSP tizimi o‘tish davri texnologiyasi sifatida ko‘riladi. Xarajatlarni kamaytirish va uzoq muddatli marslik missiyalar uchun ta’minot zanjirlarini mustahkamlash maqsadida AQSh orbital platformalardan tortib Oy bazalarigacha masshtablanadigan yagona energetik arxitekturaga tayanyapti.
Quvvati 5–10 kilovatt bo‘lgan kompakt o‘rnatma eng sovuq ikki haftalik Oy tunlari vaqtida turar joy modulini issiq saqlash va lunoxodni quvvatlantirishga yetadi. Biroq sanoat faoliyati — regolitdan kislorod olish yoki raketa yoqilg‘isini ishlab chiqarish kengaygan sari, energiya tarmoqlari ham kattalashishi kerak bo‘ladi.
Maqsad — 25, 50 va hatto 100 kilovatt darajalariga chiqish. Buning uchun Lockheed Martin katta quvvatlarda yuqori samaradorligi bilan ajralib turadigan Brayton sikli bo‘yicha takomillashtirilgan dvigatellarga tayanyapti.
Mavzuga oid
19:04 / 31.03.2026
NASA odamlarni Oyga yuborish sanasini e’lon qildi
22:15 / 24.03.2026
Olimlar Oyda ulkan energiya kamarini qurmoqchi – bu insoniyatni energiya bilan ta’minlaydi
22:57 / 08.03.2026
Ilk bor sun’iy oy tuprog‘ida no‘xat yetishtirildi
22:50 / 27.02.2026