Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ilk bor sun’iy oy tuprog‘ida no‘xat yetishtirildi
Oy regoliti Yer tuprog‘idan farq qiladi: unda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan mikroorganizmlar va organik moddalar deyarli yo‘q. Shuningdek, uning tarkibida o‘simliklar uchun zaharli bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ir metallar mavjud.
Foto: Texas Universiteti
Amerikalik olimlar tarixda ilk bor Oy regoliti bilan bir xil bo‘lgan sun’iy tuproqda no‘xat yetishtirib, hosil oldilar. Ostindagi Texas va A&M universitetlari mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan sinov natijalari haqida Scientific Repors jurnali ma’lumot berdi.
Oy regoliti Yer tuprog‘idan farq qiladi: unda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan mikroorganizmlar va organik moddalar deyarli yo‘q. Shuningdek, uning tarkibida o‘simliklar uchun zaharli bo‘lishi mumkin bo‘lgan og‘ir metallar mavjud. Bu muammolarni hal qilish uchun olimlar kompleks yondashuvni qo‘lladilar.
Olimlar Apollo dasturi missiyalari yordamida Oydan olib kelingan tuproq namunasi asosida yaratilgan sun’iy regolitga vermikompost — yomg‘ir chuvalchanglari organik chiqindilarni qayta ishlashidan hosil bo‘ladigan moddani qo‘shishdi. No‘xatlarga esa ekishdan oldin arbuskulyar mikoriza zamburug‘lari bilan ishlov berildi. Bu zamburug‘lar foydali moddalarni o‘zlashtirishga yordam beradi va og‘ir metallarning so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi.
Tajriba natijalariga ko‘ra, no‘xat o‘sishi uchun eng yaxshi sharoit tuproq aralashmasi tarkibida Oy regoliti 75 foizgacha bo‘lganida kuzatiladi. Bunday namunada o‘simliklar yetilib, hosil bergan.
Hosil olinganiga qaramay, olimlar oldida yetishtirilgan donlarning xavfsizligi va ozuqaviy qiymati borasida yangi savollar paydo bo‘ldi. Tadqiqotning birinchi muallifi, doktorant Jyessika Atkinning ta’kidlashicha, endi o‘simliklar o‘sish jarayonida zaharli metallarni o‘zlashtirib olmaganini va astronavtlar uchun zarur ozuqa tarkibini saqlab qolgan-qolmaganini tekshirish kerak.
Mavzuga oid
17:28 / 08.04.2026
Yer «botishi» va Quyosh tutilishi. NASA Oy orbitasidan olingan noyob kadrlarni namoyish etdi
21:50 / 07.04.2026
Tarixiy missiya: astronavtlar rekord masofaga uchib borishdi, Oyni aylanib o‘tishdi va narigi tomondan surat olishdi
23:12 / 06.04.2026
NASA Oyning orqa tomonini ko‘rsatdi
18:12 / 06.04.2026