Jamiyat | 15:44 / 10.09.2020
9362
2 daqiqa o‘qiladi

14 sentyabrdan viloyatlarda ham davlat bog‘chalari ochilishi boshlanadi

7 sentyabrdan Toshkent shahri va Toshkent viloyati tumanlarida bittadan bog‘cha ochildi. Maktabgacha ta'lim vazirligida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilinishicha, 14 sentyabrdan boshqa viloyatlarda ham bog‘chalar ochilishi boshlanadi.

Qayd etilishicha, maktabgacha ta'lim muassasalari ochilishi faqatgina xalq deputatlari Kengashi va sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati ruxsati bilan hamda muayyan MTTga qatnovchi bolaning ota-onasi roziligi bilan amalga oshiriladi.

14 sentyabrdan boshlab ushbu jarayon butun Respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Birinchi o‘rinda, katta va 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilar tayyorlov guruhlari ochiladi. Bu 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning ijtimoiy masofa saqlashi va gigiyena qoidalariga amal qilishdagi qiyinchiliklari bilan izohlanadi.

Masalan, bola o‘zi ushlaguncha boshqa bolalar o‘ynagan o‘yinchoqni og‘ziga olib borishi mumkin. O‘rta guruhlarning, ya'ni 4-5 yoshdagi bolalar guruhlarining ochilishi oktabr oyiga, kichik guruhlarning (3 yoshdagi bolalar) ochilishi noyabr oyiga mo‘ljallangan.

Ochilish muddatlari mamlakatdagi epidemiologik vaziyat qarab o‘zgarishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda karantin talablarini qisqartirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yil 5 sentyabrdan maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarining faoliyatiga ruxsat berilgandi.

Qarorga ko‘ra, ushbu obektlar quyidagi sanitariya talablariga rioya etishi talab etiladi:

  • xodimlar va bolalarning (tarbiyalanuvchilarning) sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), tana harorati 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan yoki infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni (tarbiyalanuvchilarni) mashg‘ulotlar chetlatish;
  • xodimlar tibbiy niqobdan foydalanishi va ijtimoiy masofani saqlashi;
  • sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat'iy rioya etish, bino xonalarni doimiy ravishda dezinfeksiya qilish, ularga kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to‘shak»lar bilan jihozlash;

Mavzuga oid