Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BBC va "Mediazona" Rossiyaning 133 ming harbiysi halok bo‘lganini tasdiqladi
BBC mediakompaniyasi va "Mediazona" ochiq manbalar yordamida Ukraina bilan urushda halok bo‘lganlarning shaxsini aniqladi. Ro‘yxat ikki hafta ichida 5000 dan ortiq kishiga ko‘paydi.
Foto: TASS
Britaniyaning BBC mediakompaniyasi va inson huquqlari bo‘yicha "Mediazona" onlayn loyihasi Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga qarshi urushdagi yo‘qotishlari haqida yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Ular ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda Ukrainaga qurolli bosqin paytida halok bo‘lgan 133 117 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqladi.
Bu 5 sentabrda e’lon qilingan avvalgi hisobotdan 5000 kishiga ortiqroqdir. Hisoblash uchun ochiq manbalar, jumladan, matbuotdagi nekrologlar va ijtimoiy tarmoqlardagi postlardan foydalanilgan.
Tadqiqotga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 28 foizi urush boshlanganidan keyin armiyada xizmat qilish uchun shartnoma imzolaganlardir. Mualliflarning ta’kidlashicha, bunday askarlarning ulushi o‘sishda davom etmoqda.
Qurbonlar soni bo‘yicha ikkinchi o‘rinda - koloniyalardan frontga jo‘natilgan mahkumlar.
Mavzuga oid
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
08:52 / 25.05.2026
Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in yuz berdi
15:50 / 24.05.2026
Rossiya Ukrainaga «Oreshnik» bilan zarba berdi
10:11 / 24.05.2026