Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi
“Iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzurida davlat muassasasi shaklida Fan olimpiadalari markazi tashkil etiladi.
Qobiliyatli hamda fanlarni chuqur o‘rganishga qiziqadigan yoshlarni aniqlash va seleksiya qilish, ulardagi iqtidorni yanada rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
2025 yildan markaz tomonidan:
- 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli o‘quvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi;
- har bir fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalar, qo‘llanmalar va jurnallar yaratilib boriladi;
- o‘quvchilarni fan olimpiadalariga tayyorlovchi trener-o‘qituvchilarning uzluksiz kasbiy rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi, ularga yangi metodikalar o‘rgatib boriladi;
- fan olimpiadalari bo‘yicha milliy terma jamoalarning xorijiy davlatlar terma jamoalari bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;
- o‘quvchilar uchun xalqaro olimpiadalarda ruhiy bosimni yengish bo‘yicha seminarlar hamda motivatsion treninglar tashkil qilinadi;
- Bundan tashqari, iqtidorli yoshlar uchun “intellektual oromgohlar” tashkil etiladi.
2025 yil 1 yanvardan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarlarini jamoaning natijasiga qarab rag‘batlantirish tartibi joriy etiladi.
Mavzuga oid
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
13:06 / 21.10.2025
Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi
11:13 / 21.08.2025
Robotlar olimpiadasida Xitoy kompaniyalari zafar quchdi
20:55 / 01.07.2025