Uning H1 modeli yengil atletika böyiça törtta oltin medalni qölga kiritdi: 400 va 1500 metrga yuguriş, 100 metrga tösiqlar oşa yuguriş va 4×100 metrga estafeta. Hammasi bölib jamoa 11 ta sovrin töpladi va medallar reytingida birinçi örinni egalladi.

Musobaqada 16 ta davlatdan 280 ta jamoa iştirok etib, futbol va gimnastikadan tortib kikboksinggaça bölgan 26 ta sport turi böyiça bellaşdi. Maksimal qayd etilgan tezlik 4,78 m/s ni taşkil etdi.

Xitoyning boşqa jamoalari ham muvaffaqiyatsiz qolmadi. X-Humanoid markazi 10 ta medalni qölga kiritdi, şu jumladan sprint va yuk musobaqalarida oltin medalni. Ularning «Tien Kung» roboti avvalroq odamlar orasida yarim marafonda ham ğolib bölgan.

Tahlilçilarning ta’kidlaşiça, Xitoy robototexnikada quvib yetuvçidan tez sur’atlarda yetakçiga aylanmoqda. IDC prognozlariga köra, 2029 yilga borib, jahon robot bozori 400 milliard dollarga yetadi va deyarli yarmi Pekin hissasiga töğri keladi.