Ta’lim | 13:06 / 21.10.2025
1714
2 daqiqa o‘qiladi

Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkaziladi

O‘zbekiston prezidentining «Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 

Foto: O‘zA

Unga ko‘ra, 2026 yildan boshlab:

➖ ta’lim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi;
➖ maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha pedagoglar uchun o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqiladi;
➖ maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun «Mening ilk izohli lug‘atcham» rasmli lug‘at kitobi yaratiladi;
➖ bolalarga o‘zbek tilini o‘rgatish bo‘yicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi.

Qarorga asosan:

➖ umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida o‘zbek tili mavzusida insholar tanlovi;
➖ o‘zbek tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida «Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi» respublika tanlovi o‘tkaziladi;
➖ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi o‘tkazib boriladi;
➖ mazkur olimpiada g‘oliblari respublika oliy ta’lim muassasalarining «filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili va adabiyoti» ta’lim yo‘nalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid