Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saylovda qanday ovoz beriladi?
Ertaga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlarga saylovlar bo‘lib o‘tadi. Saylovchilarga 4 ta byulleten taqdim qilinadi. Ularning birida faqat partiyalar ro‘yxati bo‘ladi. Ushbu videoda qanday ovoz berish haqida tavsiyalar berilgan.
Saylovchilarga berilgan byulletenlar 4 xil rangda bo‘ladi.
Bular:
- Och ko‘k rangli byulleten – Qonunchilik palatasi deputatligi uchun nomzodlar. Bunda partiyaga emas, nomzodga ovoz beraladi;
- Och yashil rangli byulleten – Qonunchilik palatasi deputatligi uchun bir mandatli nomzodlar. Bunda faqat partiyaga ovoz beriladi, konkret nomzodlarga emas;
- Och sariq rangli byulleten – xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar kengashi deputatligi uchun nomzodlar;
- Och kulrang rangli byulleten – tuman, shahar kengashi deputatligi uchun nomzodlar.
Saylovchi o‘ziga ma’qul partiya yoki nomzodning ro‘parasida, o‘ng tomonda joylashgan bo‘sh kvadratga ➕, yoki ✔️, yoxud ✖️ belgisini qo‘yadi.
Ovoz berish chog‘ida bir necha kvadratga belgi qo‘yilgan bo‘lsa yoki birorta kvadratga belgi qo‘yilmagan bo‘lsa, bunday byulletenlar haqiqiy emas deb topiladi va ovozlarni sanashda hisobga olinmaydi.
Mavzuga oid
08:30 / 12.12.2025
Zelenskiy: Saylov o‘tkazish uchun o‘t ochishni to‘xtatish talab etiladi
08:53 / 27.10.2024
Saylovda ovoz berish jarayoni boshlandi
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
18:48 / 08.10.2024