O‘zbekiston | 16:37 / 01.02.2023
17469
2 daqiqa o‘qiladi

Quyosh energiyasidan foydalanishning jozibador tizimi: Davlat aholidan elektr sotib oladi

Foto: AP

Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrida faollar bilan uchrashib, suhbat qurdi

Suhbat davomida davlat rahbari elektr iste’moli bo‘yicha chora-tadbirlarni Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari misolida aytib berdi. 

Qayd etilishicha, endilikda aholiga quyosh energiyasidan foydalanish uchun jozibador tizim yaratiladi.

Vodiydan boshlab xonadonlarda ishlab chiqarilgan va tarmoqqa uzatilgan har bir kilovatt soat uchun 1 ming so‘mdan hisob-kitob qilinadi (hozir 295 so‘m).

Ya’ni, uyga quyosh paneli o‘rnatilsa, ehtiyojdan ortib qolgan elektrni 1 ming so‘mdan davlatga sotish mumkin bo‘ladi. Hozir davlat aholiga elektr energiyasini 295 so‘mdan sotadi, lekin aholining o‘zidan ming so‘mdan sotib oladi.

Vodiy viloyatlarida 160 Megavattli quyosh panellari va 100 ta mikro GESlar quriladi. 1 iyulga qadar tadbirkorlar jalb qilinib, Andijonda 41 ta, Namanganda 32 ta va Farg‘onada 27 ta mikro GES qurish boshlanadi. 

Mavzuga oid