Jamiyat | 09:12 / 02.02.2017
20797
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston elchixonasi Moskvadagi YTH oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘lganini tasdiqladi

Foto: © RIA Novosti

O‘zbekistonning ikki nafar fuqarosi Moskva viloyati hududida 1 fevral kuni ro‘y bergan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida olamdan o‘tgan. Bu haqda RIA Novosti O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasiga asoslanib xabar qildi.

"FVV ma'lumotiga ko‘ra, ushbu YTH oqibatida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Elchixona ayni vaqtda jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmoqda", — deyilgan elchixona xabarida.

UAZ va Toyota Korotigino qishlog‘i yaqinidagi yo‘ldagi burilish joyida to‘qnashib ketgan. UAZ yonib ketgan, qurbonlar soni jami 9 nafarni tashkil qilgan, 3 kishi jarohatlangan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid