O‘zbekiston | 18:33 / 16.04.2026
12444
2 daqiqa o‘qiladi

Bekmurod Abdullayev garov evaziga qo‘yib yuborildi

U 200 mlrd so‘mdan ortiq zararni to‘lab bergan.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri sobiq o‘rinbosari, katta miqdordagi budjet mablag‘lari talon-toroj qilinishida gumonlanib qo‘lga olingan Bekmurod Abdullayev ozodlikka chiqdi.

Kun.uz manbasi xabar berishicha, u yetkazilgan 200 mlrd so‘mdan ortiq zararni naqd pul shaklda to‘lab berganidan so‘ng, unga qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilgan.

General-mayor Bekmurod Abdullayev muqaddam mudofaa vazirligi, ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyada turli lavozimlarda ishlagan, 2021 yil aprelida ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi. 

2025 yil noyabr oyida u ishdan olingani ma’lum bo‘ldi. 2026 yil yanvariga kelib u va Jazoni ijro etish departamenti sobiq boshlig‘i, Abdullayev bilan bir vaqtda ishdan olingan Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani va ular qamoqqa olingani xabar qilindi.

Yanvar oyi oxirida o‘tkazilgan prezident videoselektorida Abdullayev va Tursunovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani tasdiqlanib, ular vazirlik tizimidagi davlat xaridlari davomida 186 mlrd so‘m miqdoridagi budjet mablag‘lari o‘zlashtirilgani yuzasidan qamoqqa olingani ma’lum qilindi.

Hozirda Rustam Tursunov qamoqda qolmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid