Özbekistonda 53 trillion sömlik talon-toroj va moliyaviy kamçiliklar foş etildi, korrupsiya sxemalaridan yetkazilgan zarar 4,2 trillion sömni taşkil etdi. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev 27 yanvar kuni bölib ötgan yiğilişda ma’lum qildi.

«Bilib qöyinglar, davlatning har bir sömi böyiça ta’sirçan nazorat örnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq böladi!» – deb ta’kidladi u.

Davlat rahbarining sözlariga köra, yaqinda Prezident administratsiyasi va davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tizimi yölga qöyildi. Qisqa muddatda budjetga tuşum, talon-toroj, moliyaviy kamçiliklar böyiça 53 trillion söm va taşqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani öta ayançli holat ekani qayd etildi.

Korrupsiyaviy sxemalar böyiça 4,2 trillion söm zarar aniqlanib, 1,3 trillion sömi undirildi, 55 nafar şaxs qamoqqa olindi.

Misol tariqasida prezident Içki işlar vazirligi tizimidagi vaziyatni keltirdi: unga köra, davlat xaridlari davomida 186 mlrd söm budjet mablağlarining özlaştirilgani aniqlangan hamda bu iş doirasida içki işlar vazirining sobiq örinbosari Bekmurod Abdullayev va Jazoni ijro etiş departamenti sobiq boşliği Rustam Tursunovga qarşi jinoiy iş qözğatilgan.

Bundan oldinroq Kun.uz manbasi 2025 yil 3 noyabrida işdan olingan Bekmurod Abdullayev va Rustam Tursunov bir iş doirasida tergov qilinayotgani va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingani haqida xabar bergandi.

Keyinroq «Daryo» naşri öz manbalariga tayanib uşbu sobiq mulozimlar yirik miqdordagi davlat mulklarini talon-toroj qiliş, mansab vakolatini suiiste’mol qiliş va yana boşqa holatlar böyiça gumonlanib, ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olinganini, yetkazilgan zarar miqdori 100 mlrd sömdan ortiqligini xabar qilgandi.

Ta’kidlanişiça, davlat manfaatlariga bunday yirik miqdordagi zarar Toşkent şahri va viloyatlar markazlariga örnatilayotgan yangi svetofor va boşqa yöl uskunalarini göyoki xorijdan import qilingan deya körsatib, aslida mahalliy mahsulotlarni ötkaziş böyiça tuzilgan jinoiy sxemalar orqali yetkazilgan.